Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə10/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Mashq
1-topshiriq. Berilgan gapda voqelangan nutqiy birliklarning zamiridagi paradigmatik munosabatlarini aniqlang va tavsiflang: Ilmga mashg‘ul bo‘lsang, o‘zdiradi, amalga mag‘rur bo‘lsang, to‘zdiradi (Maqol).
2-topshiriq. Berilgan nutqiy sistemadagi elementlar orasidagi sintagmatik munosabatlarni aniqlang va tavsiflang: Kishi boshiga bir tashvish tushmasin, keyin ketma-ket kelaverar, g‘am-anduh tog‘i bir qo‘zg‘alsa, boshingga nadomat toshi yog‘ilaverar ekan(“Qashqadaryo”).
3-topshiriq. Berilgan gapdagi elementlarni ajratib, ular qanday birliklar bilan pog‘onoli munosabatlarga kirishini aniqlang va bu tizimlarni jadvalda tasvirlang: Lekin bundan o‘zim mamnunman, bilmoqchi bo‘lgan narsalarimni bilib oldim (“Yoshlik”).
Adabiyotlar
1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. − Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
3. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017.
4. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
4- AMALIY MASHG‘ULOT
LISONIY ZIDDIYAT SISTEMA ELEMENTLARINING MAVJUDLIK OMILI. LISONIY TASNIF
Ishdan maqsad: Lisoniy ziddiyat sistema elementlarining mavjudlik omili ekanligini anglash. Lisoniy ziddiyat til birliklari orasida namoyon bo’lishini aniqlash.
ziddiyat – lisoniy sistema (paradigma)dagi elementlarning o‘zaro farqlanish munosabati
ziddiyat a’zosi – lisoniy sistema (paradigma)dagi ziddiyat munosabatiga kirishuvchi elementlar
ziddiyat belgisi – lisoniy birliklarning muayyan ziddiyatdagi farqlovchi belgisi
ikki a’zoli (binar) ziddiyat – lisoniy sistemadagi zidlanuvchi juft birlik
ko‘p a’zoli ziddiyat ternar – lisoniy sistemadagi zidlanuvchi ikkitadan ortiq birlik
privativ (noto‘liq) ziddiyat – ziddiyat belgisi a’zolaridan birida voqelanadigan, boshqasida voqelanishi ham, voqelanmasligi ham mumkin bo‘lgan ziddiyat turi

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin