Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə17/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Mashq
1-mashq. 1. Lekin shunisi haqiqatki, biz fan va texnika taraqqiyotida ham har qancha yutuqlarga erishmaylik, hammamiz, afsuski, bir-birimizni yamlab yutadigan yirtqichligimizcha qolayotirmiz (Ch.Ayt.). 2.To‘g‘ri aytdingiz, bozor, ozor, zor, or ... ozor chekasan, zor bo‘lasan, oriyatingdan ayrilasan... Mana bozorning sharofati!.. (X.Dav). 3.G‘orga chuqur sukunat cho‘kdi, adolatpanoh hakam esa o‘z xayollari og‘ushiga sho‘ng‘idi(J.Lon.).4.Bodomda jon bor, qilmish-qidirmish bor (T.Murod).
170
Topshiriqlar. 1. Berilgan gaplarni diqqat bilan o‘qing, so‘zlardagi korrelyativ belgili va korrelyativ belgisiz tovushlarni toping. 2. Korrelyativ belgili undoshlar ishtirok etgan so‘zlar qatnashtirib, bir necha gaplar tuzing. 3. Korrelyativ belgili va korrelyativ belgisiz undoshlar xususiyatlarini alohida-alohida sharhlang. 4.a) Korrelyativ belgililar guruhiga kiruvchi undosh tovushlarni o‘zaro qiyoslang; b) korrelyativ belgisizlar guruhiga kiruvchi undosh tovushlarni o‘zaro qiyoslang. 5.a) Korrelyativ belgililar guruhiga kiruvchi undosh tovushlardagi umumiylikni toping; b) korrelyativ belgisizlar guruhiga kiruvchi undosh tovushlardagi umumiylikni aniqlang. 6.a) korrelyativ belgililar guruhiga kiruvchi undosh tovushlardagi farqlarni aniqlang; b) korrelyativ belgisizlar guruhiga kiruvchi undosh tovushlardagi farqlarni toping. 7.Guruhlarga mansub undosh tovushlarni tasniflang. 8.Har ikkala guruhning zotiy tabiatini bayon qiling. 9.Tovushlar orasidagi ziddiyat, munosabatlarni aniqlang.
2-mashq. 1.Lek erur bisyor dushman, bo‘lsa u bir dona ham! (E.Voh.) 2. Hayot dilni ravshan qiladigan bir nurki, inson har vaqt shu ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir (A.Avl.) 3. Men sening ko‘zlaringga termulib-termulib o‘tirgim keladi, sening ko‘zlaringdagi ko‘lga cho‘kkim keladi (N.Eshon.).
Topshiriqlar. 1. Gaplarni diqqat bilan o‘qing, so‘zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarni ajrating. 2. Mavjud undosh tovushlar turli o‘rinlarda qo‘llangan so‘zlar tuzib, sirani boyiting. 3. Unli va undosh tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini alohida sharhlang. 4. a) unli fonemalar guruhiga mansub tovushlarlarda ziddiyatlar so‘ngan holatlarni aniqlang; b) undosh fonemalar guruhiga mansub tovushlarlarda ziddiyatlar so‘ngan holatlarni aniqlang. 5. a) unli fonemalar guruhiga mansub tovushlardagi kuchli pozitsiyalarni aniqlang; b) undosh fonemalar guruhiga mansub tovushlardagi kuchli pozitsiyalarni aniqlang.
Adabiyotlar
1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
4. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017.
5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2015.

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin