Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə25/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Topshiriqlar. 1. Berilgan gaplarni diqqat bilan o‘qing. 2. Gaplardagi ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni aniqlang. 3. Aniqlagan so‘zlarning bosh ma’nolarini toping. 4. Ko‘chma ma’no ko‘chishining qaysi usuliga asoslanganiga ko‘ra guruhlarga ajratib yozing. 5. Har bir guruhdagi so‘zlarning umumiyligini aniqlang. 6. Har bir guruhdagi so‘zlarni boshqa guruhdagi so‘zlardan farqli xususiyatlarini bayon qiling. 7. Har bir guruhni yana ikki guruhga ajrating: a) lisoniylashgan (sememalashgan) hosila ma’noli; b) nutqiy ko‘chma ma’noli. 8. Ajratilgan ikki guruhning o‘ziga xos jihatlarini alohida-alohida izohlang.
22-mashq. [Ota], [aka], [uka], [ona], [opa], [singil], [olma], [o‘rik], [jiyda], [behi], [uzum], [gilos], [shaftoli], [xurmo], [gapirmoq], [aytmoq], [so‘zlamoq], [bayon qilmoq], [demoq], [lutf qilmoq], [og‘iz ochmoq], [tez], [qizil], [oz], [semiz], [puxta], [jiddiy], [katta], [oq]...
Topshiriqlar. 1. Berilgan birliklarning o‘xshash belgilarini topib, guruhlang. 2. Guruhlardagi birliklarning birlashtiruvchi va farqlovchi semalarini aniqlang. 3. Boshqa belgilar topib, topshiriqni qayta bajaring.
Adabiyotlar
1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
4. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017.
5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013.
10- AMALIY MASHG‘ULOT
LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR
Ishdan maqsad: Leksik birliklar orasida leksik-semantik munosabat turlarining mavjudligi.Bu munosabatlarni bir-biridan farqini aniq farqlay olish.
Leksik-semantik munosabat – leksemalarlarning o‘zaro ma’no asosidagi o‘xshashlik va farqlari
leksik-shakliy munosabat – leksemalarning o‘zaro shakl asosidagi o‘xshashlik va farqlari

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin