Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə21/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

8- AMALIY MASHG‘ULOT
SEMEMA – LEKSEMANING MAZMUN TOMONI. SEMEMANING BO‘LAKLARI
Ishdan maqsad: Leksemani tarkibiy qismlarga ajrata olish, semema strukturasi bo’yicha amaliy ko’nikmaga ega bo’lish.
Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan o‘xshash bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita leksema yo‘q. Bunga ikkita sinonim leksemaning sememasini qiyoslash asosida amin bo‘lishimiz mumkin:
Yuz – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining uslubiy betaraf ifodasi”.
Bet – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi”.
Кo‘rinadiki, birinchi sememadagi “uslubiy betaraf” unsuri ikkinchi sememada, ikkinchi sememadagi “so‘zlashuv uslubiga xos” unsuri birinchi sememada yo‘q.
Agar semema aynan bo‘lib qolsa, demak, bu ular tavsifida nuqson mavjud deyishga asos bo‘ladi. Semema mukammal tavsiflanganda, bu tavsifdanoq ushbu tilni eng nozik jihatlarigacha puxta bilgan kishi so‘z qaysi leksema haqida ketayotganligini ravshan anglaydi.
Har qanday butunlik bo‘lakdan tashkil topganligi kabi, semema ham o‘ziga xos tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, leksema butunlik sifatida nomema va sememadan tashkil topadi.
Sememada bir tarkibiy qismi almashtirilishi bilan u butunlay boshqa sememaga aylanib ketishi mumkin. Masalan, “davriy bo‘lmagan”ma’no bo‘lakchasini“davriy bo‘lgan”ma’no bo‘lakchasiga almashtirsak, u o‘z-o‘zidan jurnal leksemasining sememasi bo‘lib qoladi.
Leksemaning sememasini aniqlashda u sinonimik qatorda tekshiriladi. Deylik, yuz leksemasi sememasi ochilayotganda, ubet, aft, chehra, oraz, turq, bashara va hokazo leksema qurshovida o‘rganiladi. Кelmoq leksemasi sememasini bormoq, ketmoq va boshqa leksemalar sememalarisiz aniqlab bo‘lmaydi.
Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
Tezkor savol-javoblar
1. Semema qaysi tildan olingan?
2. Semema va lug‘aviy ma’no nima bilan farqlanadi?
3. Yordamchi leksemalarning ma’nosi semema bo‘la oladimi?
4. Sememada asosiy unsur nima?
5. Leksema sememasini yo‘qotishi mumkinmi?
6. Uka va singil leksemalarining birlashtiruvchi semasi nima?
176
7. Aka va opa leksemalarining birlashtiruvchi semasi nima?
8. Uka va opa leksemalarining birlashtiruvchi semasi nima?
9. Aka va singil leksemalarining birlashtiruvchi semasi nima?
10. Farqlovchi sema qachon birlashtiruvchi semaga aylanadi?
11. Birlashtiruvchi sema qachon farqlovchi semaga aylanadi?

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin