Guliston davlat universiteti


-mashq. Komponent tahlil usulidan foydalanib quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan leksemalar sememasi semalarini aniqlang



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə23/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

4-mashq. Komponent tahlil usulidan foydalanib quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan leksemalar sememasi semalarini aniqlang.
O‘rtog‘im yaxshi tarbiya ko‘rgan. 2.Dunyoviy ilm-u fanlarni ham qunt bilan o‘qimoq lozim. 3. Ko‘p o‘ylab, oz so‘zla. 4. Mamlakatimizning oltin qazib olinadigan konlari istiqbolimiz uchun xizmat qilishi kerak. 5.Ijodiy guruh rahbari amalga oshirilishi muhim bo‘lgan vazifalar haqida gapirdi. 6. Katta va buyuk darg‘alar Turonzaminda bisyor erdi. 7. Kishilar kitob o‘qishdan aslo bezgan emas. 8. Qizil yuzlardadir latofat, ibo-yu hayo hamda nazokat. 9. Gar oshiqlaring yuz mingta bo‘lsa, Bilginki, alarning sardori menman.
Adabiyotlar
6. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
7. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
8. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
9. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017.
Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013.
9- AMALIY MASHG‘ULOT
HOSILA SEMEMANING VUJUDGA KELISH YO‘LLARI
Ishdan maqsad: Tildagi metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik ko’chish usullari bo’yocha amaliy ko’nikmani rivojlantirish.
hosila semema – leksemaning bosh sememasi asosida vujudga kelgan, alohida paradigmatik, sinonimik va sintagmatik munosabatlar bilan bog‘langan semema
metafora – borliqdagi narsa/hodisalarning mohiyatidagi o‘xshashligiga ko‘ra bir leksemaning boshqa o‘rinda qo‘llanishi asosidagi ko‘chim
sinekdoxa – butun va qism munosabati asosidagi ko‘chim
metonimiya – o‘zaro bog‘liqlik munosabati asosidagi ko‘chim
vazifadoshlik – denotatlardagi vazifa o‘xshashligiga asoslangan ko‘chim turi
Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
Tezkor savol-javoblar
1.Burgut so‘zining insonga nisbatan qo‘llanishida semema mavjudmi yoki nutqiy ma’no?
2.Lisoniy va badiiy metafora qanday farqlanadi?
3.Metafora tarkibiga vazifadoshlikni kiritish taklifiga munosabatingiz?
4.Butun va qism orasida bog‘liqlik va aloqadorlik mavjudmi? U metonimiyadagidan qanday farqlanadi?
5.Kinoyaviy qo‘llanishda qanday ko‘chim bor?

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin