Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə19/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Tezkor savol-javoblar
1. So‘zlarning ijtimoiy xoslanishi nima?
2. So‘zlarda gender xoslanish bo‘lishi mumkinmi?
3. Katta va kichik so‘zlarining birlashtiruvchi belgisi nima?
4. Uzun va qisqa so‘zlarining farqlovchi beligisini ayting.
5. So‘z qaysi holatda iste’moldan chiqadi?
6. So‘zning iste’mol darajasi qachon pasayadi?
7. Nisbatni to‘ldiring: sichqon/mushuk = .../bo‘ri.
8. Qaysi so‘z qaysi sababga ko‘ra ortiqcha: platina, oltin, temir, cho‘yan?
9. Nutqda so‘z nechtagacha ma’no ifodalashi mumkin?
10. Leksema terminini tilshunoslikka kim olib kirgan?
11. Leksema ilk bor qaysi lug‘atda aks etgan?
12. Bo‘sh joyni to‘ldiring: [chiroq]/[yorug‘] = [...]/[ovoz].
13. Bo‘sh joyni to‘ldiring: [sovuq]/[burun] = [...]/ [yuz].
Mashq
1-mashq. I.Tilshunoslik tarixida tillarni “katta – kichik”ka, “boy – kambag‘al”ga, “nafis – qo‘pol”ga ajratib, bir-biriga qarshi qo‘yuvchi “olim”lar ham topiladi. Alisher Navoiy bunday noto‘g‘ri qarashlarga zarba berib, o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida fors va o‘zbek tillarini qiyoslab, ularning har biri ham o‘ziga boy va rango-rang, nozik va she’r yozishda maqbul ekanligini ko‘rsatib bergan edi (A.Abd.).
II...Tokchada yongan shamning shu’lasi va qiya ochiq darichadan tushgan oy nuri gilamlarning gullari ustida jivillab, xayoliy, mayin manzaralar, o‘yinlar yasar, o‘qtin-o‘qtin esgan shabada sham yolqinini lipillatar, pastgina kursi ustida ochiq turgan qalin, katta kitobning shoir chalayotgan kuyning sehriga berilganday jimgina tinar edi... (Oyb.)
III.Hofiz Ko‘ykiyni Bog‘i Nurafshonning kunchiqar tarafidagi xos hujralardan biriga joylashtirdilar. Jazirama issiq va qabul tashvishlari uni qattiq charchatgan edi, tonggacha dong qotib uxladi. Peshin namozidan so‘ng, umrida ilk daf’a ko‘rib turgani-notanish anvoyi gullar yal-yal yongan salqin xiyobonda jannatoshiyon qushlarning hur navolarini zavq-shavqqa to‘lib tinglagancha, ohista kezib chiqdi. (X.Sul.)

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin