Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə22/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Mashq
5-mashq. I.Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et(Nod.).
II.Do‘rmon viloyatining Kuntug‘mish degan polvoni bor edi, polvonning Oppoqoy degan singlisi bor edi. Kuntug‘mish o‘n to‘rtga kirgancha ilm-hunar, kasb-kamolot hosil qilib, o‘n to‘rtdan keyin sipohlik ishlariga yuz keltirib, qilich chopmoq, miltiq otmoq, chirishbozlik, ko‘pkaritozlik, nayzadastlik, garovbastlik, ishlariga ko‘shish qilib, qirqta yigitni yoniga olib mashq qilib, goh tog‘ga, goh ovga chiqib yurar edi. (“Kuntug‘mish”.)
III.Sohib miltiqni otgach, qayiq g‘arq bo‘lganda, Shoshibushon hodisa ro‘y bergan joyda bo‘lib, hamma hodisani o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. U ag‘darilgan qayiq oldiga darhol suzib borib, qayiqchi va eshkakchilarni halokatdan qutqardi. Faqat bir kishini qutqazib bo‘lmadi, u falokat yuz bergan chog‘da qayiq ayvonchasi ostida ziravor yanchib o‘tirgan ekan(R.Thok.).
Topshiriqlar. 1.Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. 2.Matnda nechta lisoniy birliklar voqelanishi mavjudligini aniqlang. 3.Matnda ajratib ko‘rsatilgan birliklarni shakl va mazmun jihatdan tahlil qiling (semema va nomemalarini aniqlang).
Mashq
1-mashq. Quyida berilgan leksemalarning semema tarkibini aniqlang va alohida-alohida yozing.
I. [yaxshi], [yuz], [yozmoq], [sezgir], [maktab], [qalam].
II. [daftar], [qirmizi], [kirmoq], [katta], [qo‘l], [oltin].
III. [eshik], [ish], [besh], [chopmoq], [ko‘p], [sodda], [qish].
2-mashq. Quyida berilgan birikmalar tarkibidagi birliklar qaysi semasiga ko‘ra birikuv hosil qilganligini aniqlang.
I.Yashil o‘rmonzor, oq oltin, qattiq jism, beg‘ubor yoshlik.
II.Moviy osmon, tez gapirmoq, kitobni o‘qimoq, odamning aqli.
III.Tekis yo‘l, chiroyli so‘zlamoq, qiziq voqea, temir intizom, uzukning ko‘zi, mehr ko‘rmoq.
3-mashq. I.Gulianor ko‘p suluv: yaxshi suratli, shirin so‘zli, quralay ko‘zli, uzun bo‘yli, keng ko‘krakli, xush xayol, zehni tez, serfahm qiz edi. Ravshanbek uning bilan maktabda birga o‘qiganda, ko‘zining ostiga bosib qo‘yar edi(“Ravshan”).
177
II...Shu yuqoridagi maktubga shoh Nu’mon imzo chekib, nomani olib boruvchi kishini yo‘lga soldi. Chopar ham yetib kelib, bitikni shoh Navdar qo‘liga topshirdi. Navdar xatni ochib ko‘z tashlar ekan, undagi barcha gaplarni o‘qidi, va’da qilingan soatdan xabardor bo‘ldi, xuddi o‘sha paytda askarni ham, qurol-yarog‘ni ham tayyorladi (“Sab’ai sayyor”).

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin