Guliston davlat universiteti


Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə7/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
Tezkor savol-javoblar
1. Lisoniy birlik nima?
2. Lisoniy birlik nimasi bilan ma’rifiy zotga o‘xshaydi?
3. UMIS rang-barangmi, AHVO?
4. Bir lisoniy UMISgina bir AHVOni tashkil eta oladimi?
5. Nutq tovushidagi qaysi jihatlar uning UMISiga kirmaydi?
6. Borliqda UMIS va AHVO munosabatiga ega bo‘lmagan hodisa bormi? Nega?
7. Leksema tovushdan tashkil topadimi yoki fonemadan?
8. Tilda shaklan bir xil tovush, so‘z, qo‘shimcha va gapga misol keltiring.
9. Assotsiatsiya nima?
10. Mavhum sistema elementlari qanday xususiyatga ega?
11. Aniq sistema elementlari qanday xususiyatga ega?
12. Sistemada asosiy vosita elementmi yoki munosabat?
13. Paradigma sistemadan qanday farqlanadi?
14. Paradigmaning ochiqligi deganda nimani tushunasiz?
15. Paradigmaning yopiqligini izohlang.
16. Unlilar ochiq paradigmami yoki yopiq?
17. Paradigmatik belgilarni sanang.
MASHQ
1-mashq. Gaplardagi nutqiy birliklarni ajrating va guruhlang. Gruhlardagi nutqiy birliklar qatorini o‘xshashlari bilan davom ettiring.
1.Til kishini baxtli qiladi. Til kishini xor-zor ham qiladi. Til tufayli odamning boshi ham ketadi. Ikki narsa bilan kishi qarimaydi: biri–ezgu xulq, biri–yaxshi so‘z (Y.X.Hoj.) 2.So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdirki, berur jong‘a xabar jonondin, Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin (Nav.)
4Paradigma so‘zi – omonim termin. U “yo‘nalish”, “soha” ma’nosida ham ishlatiladi: Lingvokulturologiya – tilshunoslikning yangi paradigmasi kabi.
160
2-mashq. Berilgan gaplardagi o‘xshash nutqiy birliklarni aniqlang. Har bir nutqiy birlikdagi har qanday qo‘llanishda namoyon bo‘ladigan, o‘zgarmas belgilarni toping.
1.Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Laylo nomidan Sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom. O‘tgan ishga salovat. Chunki shu ikki yil ichida o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari; ul kunlarni Siz unuting-unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirgi ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman (Qod.). 2.Odamlar sertakalluf, xushfe’l. Birovdan bir joyni so‘rasangiz, to‘rt kishi qo‘shilib javob beradi, biri tushuntirib qo‘ysa, biri boshlab borishga hozir. (O.Yoqub.)

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin