Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə15/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

6- AMALIY MASHG‘ULOT
FONEMALAR PARADIGMASIDA SISTEMAVIY QONUNIYATLARNING NAMOYON BO‘LISHI
Ishdan maqsad: Lisoniy munosabat, lisoniy ziddiyatlarning fonemalar sistemasida tutgan o’rnini amaliy farqlash ko’nikmasiga ega bo’lish.
168
unli fonema − sof ovozdan iborat, nutqda bo‘g‘in hosil qiluvchi va urg‘u olvuvchi fonema
lablanmagan unli – talaffuzida lab harakatga kelmaydigan unli
lablangan unli – talaffuzida lab harakatga keladigan unli
tor unli – talaffuzida til va tanglay oralig‘i torayadigan unli
keng unli – talaffuzida til va tanglay oralig‘i torayadigan unli
yuqori unli – talaffuzida til tanglayga maksimal darajada ko‘tariladigan unli
o‘rta unli – talaffuzida til tanglayga o‘rtacha darajada ko‘tariladigan unli
quyi unli – talaffuzida til tanglayga ko‘tarilmaydigan unli
undosh fonema – tarkibida shovqin ishtirok etadigan fonema
lab undoshi – artikulyatsiya o‘rni lab bo‘lgan undosh
til undoshi − artikulyatsiya o‘rni til bo‘lgan undosh
bo‘g‘iz undoshi − artikulyatsiya o‘rni bo‘g‘iz bo‘lgan undosh
jarangli undosh – tarkibi ovoz va shoqindan iborat undosh
jarangsiz undosh − tarkibi shoqindan iborat undosh
portlovchi undosh – kuchli to‘siqqa uchraydigan undosh
sirg‘aluvchi undosh – kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undosh
portlovchi-sirg‘aluvchi undosh – bir tomondan kuchli, ikiknchi tomondan kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undosh
korrelyativ belgi − ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan belgi
korrelyativ bo‘lmagan belgi − ziddiyatda turgan fonemaning har birida mavjud belgi
Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
Tezkor savol-javoblar
1. Unli fonemalarni undoshlardan farqlovchi muhim jihat nima?
2. Unli fonemalar talaffuzda og‘iz bo‘shlig‘ida qanday to‘siqlarga uchraydi?
3. Lablangan unlilarning farqlovchi belgilari qaysilar?
4. Lablanmagan unlilarning farqlovchi belgilarini sanang.
5. Tor unlilarning farqlovchi belgilari qaysilar?
6. Keng unlilarning farqlovchi belgilarini sanang.
7. Kuchli pozitsiya nima?
8. Kuchsiz pozitsiya nima?
9. Tarkibida shovqin ishtirok etadigan fonema qanday fonema?
10. Artikulyatsiya o‘rni lab bo‘lgan undoshlarni sanang.
11. Artikulyatsiya o‘rni til bo‘lgan undoshlarni sanang.
12. Artikulyatsiya o‘rni bo‘g‘iz bo‘lgan undoshni ayting.
13. Tarkibi ovoz va shoqindan iborat undoshlar qaysilar?
14. Tarkibi shoqindan iborat undoshlar qaysilar?
169
15. Kuchli to‘siqqa uchraydigan undoshlarni sanang
16. Kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undoshlarni sanang
17. Bir tomondan kuchli, ikiknchi tomondan kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undoshlarni sanang.
18. Ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan belgi qanday belgi?
19. Ziddiyatda turgan fonemaning har birida mavjud belgi qanday belgi?

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin