Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə16/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Mashq
1-mashq. 1.Feruza hovliga tushib, shabnamda qiyg‘os ochilgan atirgullar ustiga egildi, to‘yib-to‘yib hidladi (H.G‘ul.). 2. Ilm-hikmat bilan ko‘tariladigan shohsupaga qurol bilan chiqib bo‘lmaydi (K.Hamr.). 3. Iroda insonning qudrati, sevishi va sevilishi, nafrati va quvonchi, vafosi va ishonchi demakdir (J.Abd.) 4.O‘-o‘-o‘, nimasini aytasiz! Ko‘z-quloq bo‘lish kerak (Х.Davr.) 5.Kuy hamon ingrardi, tirnardi, ezardi. Ado qilardi, paydo qilardi. (S.Siyo.) 6.U o‘tirganlar orasidan kimnidir qidirardi (S.Ahm.).
Topshiriqlar. 1.Gaplarni diqqat bilan o‘qing, so‘zlar tarkibidagi unli tovushlarni aniqlang. 2.Unli fonemalar orasidagi lisoniy ziddiyatlarni namoyon qiluvchi pozitsiyalarni aniqlang va farqlang. 3.Bir va ko‘p o‘lchovli ziddiyatda turuvchi unli fonemalarni aniqlang. 4.Muntazam va ajralgan ziddiyatda zidlanuvchi unlilarni ajrating. 5.Unli fonemalardagi privativ, gradual, teng qiymatli ziddiyatlarni aniqlang va ularning voqelanish hamda so‘nish sharoitlarini toping. 6.Barqaror zidlanishdagi unli fonemalarga misol toping.
2-mashq. 1.Tirik jon borki, nimaningdir ilinjida yashaydi (X.Davr.) 2.Lekin u go‘yo o‘ziga aloqasi bo‘lmagan narsani butun diqqat-e’tibori bilan kutib turganday qo‘lini sovuq suvga ham urmadi (Ch.Ayt.). 3.Dunyoning obodligi, avvalo, ko‘ngildan boshlanadi (S.Siyo.). 4.Endigina tabiat uyg‘onib, novdalardan hayot kurtaklari nish urmoqda. (M.Qori.). 5. Yurak to‘la shodlik, mehr, baxt, Uning ko‘zlariga boqaman (Zulf.)6. Ha, Inson umrining kechmishi ajab, Goh to‘lg‘ar, goho u yashnar qulf urib.O, balki bir fidoyi sabab,Yuribsan sen hayot nash’asin surib (A.Orip.)
Topshiriqlar. 1. Gaplarni kuzating, so‘zlardagi unli tovushlarni ajrating. 2.Biror unlini tanlab, turli undoshlar qurshoviga soling. 3.Har xil qurshovga tushgan unlini alohida-alohida sharhlang. 4.Qurshovlardagi unlilarni o‘zaro qiyoslang. 5.Turli qurshovdagi biror unlining umumiy, barqaror tomonlarini aniqlang. 6.Bu unlilarning farqlarini tavsiflang. 6. Ushbu unlilarni tasniflang.

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin