Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə24/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Mashq
1-mashq. 1. Tarix g‘ildiragini orqaga aylantira oladigan kuch yo‘q dunyoda(“Qashq.”) 2. Dasturxonga boqqan do‘st emas(Maqol). 3. Saidaning qoshi bir oz chimirildi, mayin tovushi o‘zgardi(A.Qah.). 4. ...oyog‘im uzangidan toyib, burnim egarning qoshiga tegib ketdi(G‘.G‘ul.). 5.Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko‘rmagan(Oyb.). 6. Zebixon g‘ildirak yog‘ochlariga oyog‘ini bir-bir qo‘yib, aravaga chiqdi(S.Zun.). 7. Havo isib, maysalarga, daraxt shoxlariga qo‘ngan shudringni bir zumda yalab oladi(Sh.Rash.) 8. Bo‘g‘moq so‘zi “qattiq qismoq” ma’nosini hambildiradi. 9. Bu yerda hayot hayotni bo‘g‘adi, temir temirni g‘ajiydi, o‘t o‘tni so‘ndiradi(Oyb.) 10. Moyi tugab, piligi so‘xta bo‘lgan chiroq bir lip etib so‘ndi(S.Ahm.) 11. Ota-onaning chirog‘ini yoqadigan kishi farzandidir. (M.Ism.) 12. Mening soatim to‘xtab qolibdi(A.Qah.) 13. Besh qo‘lini og‘ziga tiqadi(I.Rah.)
Topshiriqlar. 1. Berilgan gaplarni o‘qing. 2. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni 2 guruhga ajratib yozing. 3. a) to‘g‘ri (bosh) ma’noda qo‘llangan so‘zlar; b) ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlar. 4. Har ikkala guruhning o‘ziga xos jihatlarini sharhlang. 5. Ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni ichki guruhlarga ajrating: a) o‘xshashlik asos bo‘lgan ma’no; b) aloqadorlik asos bo‘lgan ma’no; v) vazifadoshlik asos bo‘lgan ma’no; g) butun-qism munosabati asos bo‘lgan ma’no. 6.Har bir guruhning umumiyligini aniqlang. 7. Har bir guruhning o‘zaro farqlarini toping. 8. Har bir guruhni alohida-alohida izohlang. 9. Har bir so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llab gaplar tuzing.
2-mashq. 1. Samolyotlar uchishga tayyor turishgan edi(Shuh.) 2. Hoji Kumushning bosh tomoniga kelib o‘tirdi(A.Qah.)3. Oltin so‘zlarni aytdingiz(Sh.Rash.)4. Ko‘chaning boshida Salimboyvachcha ko‘rindi(Oyb.)5. Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi(H.Olim.)6. Adirlar gulladi, gulladi diyor(G‘. G‘ul.)7. Eski buloqning ko‘zlari ochildi(O‘.Hosh.)8.Zal oyoqqa turib ketishiga sal qoldi(A.Mux.)9Yer o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanadi. 10. Til yaratish mumkin emas, chunki tilni xalq yaratadi; filologlar tilning qonunlarini ochadilar va shu qonunlarini sistemaga keltiradilar(V.Belins.) 11. Tong yaqin, tong yaqin, oppoq tong yaqin. Bir nafas orom ol, uxla, jigarim(G‘.G‘ul.) 12. Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o‘rgangan. (Oyb.) 13. Qora kiyib hali yig‘lab yurgandir(«Shirin bilan
179
Shakar».) 14. Nega suvning betiga yozmas to‘lqinlar kokil?(G.Nur.) 17. Bu - ulug‘ sahroning etagi edi(A.Mux.).

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin