Guliston davlat universiteti


-mashq. Leksemalarning paradigmatik qatorlarini hosil qiling. Qatordagi leksemalar orasidagi o‘zaro lisoniy munosabatlarni aniqlang



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə27/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

2-mashq. Leksemalarning paradigmatik qatorlarini hosil qiling. Qatordagi leksemalar orasidagi o‘zaro lisoniy munosabatlarni aniqlang.[o‘simlik], [olma], [tut], [ildiz]; [ayol], [xotin], [qiz], [momo], [qizaloq], [qampir]; [asar], [roman], [hikoya], [doston], [qissa], [janr]; [idish], [kosa], [tovoq], [piyola], [choynak], [lagan].
28-mashq. Quyida berilgan leksemalarning leksik-semantik munosabatlarni aniqlang.
1. [xona], [hovli], [uy], [ayvon], [bino], [imorat];
2. [qo‘l], [tana], [bo‘g‘in], [oyoq], [tirnoq], [muskul], [suyak];
3. [barg], [tana], [ildiz], [shox], [po‘stloq], [daraxt];
4. [bet], [bob], [kitob], [muqova], [varaq];
5. [qopqoq], [jumrak], [dasta], [choynak].
6. [asr], [yil], [oy], [kun], [hafta], [sutka].
30-mashq. 1. Sultonali Mirzo Anvarning tashqi ahvoli bilan yaxshi tanish bo‘lsa ham, uning ichki siridan voqif emas edi(A.Qod.). 2. Do‘stlar shod, dushmanlar g‘amgin...(A.Qod.). 3. Gap orasida u E’zozxonning shaharga kelishdan maqsadi nima ekanligi va Rohatbibi bilan birga turishga xohishi bor, yo‘qligini ham bilib oldi(H.G‘ul.). 4. Ataylab hayotning baland-pastini ko‘rib bilish uchun yolg‘iz yashayapti(E.Usm.) 5. Aybdorlarning ko‘zidan oqqan qalbaki yoshdan barmog‘idagi titroqqacha - hamma-hammasini ibtidosidan intihosigacha yaxshi biladi(H.G‘ul.). 6. Bittasi qovoqlari shishgan, shop mo‘ylov, yumaloq, keksa, ikkinchisi novcha, qotma, yosh edi(Oyb.) 7. Ra’no o‘zining bunday harakatlariga qarshi onasidan yaxshi-yomon mukofot olmasa ham, ko‘pincha, otasidan tanbeh eshitadi(A.Qod.)
Topshiriqlar. 1.Berilgan nutqiy birliklarni diqqat bilan o‘qing. 2. Gaplar tarkibidan antonim juftliklarni ajratib oling. 3. a) antonimik munosabatga kirishayotgan leksemalarning semalarini aniqlang; b) antonimikni yuzaga keltirgan semani belgilang. 4. Juftlikdagi leksemalarni o‘zaro qiyoslang. 5. a) antonimiklar orasidagi umumiylikni belgilang; b) antonimlar orasidagi farqli jihatni aniqlang. 6. Antonimlik qaysi belgi asosida vujudga kelishiga asoslanib antonim juftliklarni tasniflang: a) hajmiga ko‘ra; b) rang-tusiga ko‘ra; v) harakatiga ko‘ra; g) holatiga ko‘ra; d) davriga ko‘ra kabi. 7. Har bir antonimik munosabat guruhlarni izohlang. 8. Antonimlik hosil qilgan birliklarni guruhlarga ajrating: a) kontrar qarama-qarshiliklar; b) komplementar qarama-qarshiliklar. 9. Har bir guruhning o‘ziga xosligini aniqlab, alohida-alohida bayon qiling. 10.
182
Antonim leksemalarning giperonimlarini topib, ular asosida yordamchi mashqlar tuzing.

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin