Guliston davlat universiteti


Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə29/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
Tezkor savol-javoblar
1.Iboraning belgilari haqida gapiring?
2.Frazеologiya so‘zining ma’nosi haqida gapiring? 3.Iboraning ma’no tarkibi haqida gapiring.
3.Ko‘p ma’noli ibora haqida gapiring.
4.Ma’nodosh ibora haqida gapiring va misol keltiring.
7.Omonim ibora haqida gapiring va misol keltiring.
8.Antonim ibora haqida gapiring va misol keltiring.
9.So‘z birikmasi va iboraning o‘xshash va farqli tomonlari haqida gapiring, misol keltiring.
10. Gap va iboraning o‘xshash va farqli tomonlari haqida gapiring.
11. Bir ma’noli tasviyriy ifoda haqida gapiring, misol keltiring.
12.Ko‘p ma’noli tasviriy ifoda haqida gapiring, misol keltiring.
13.Omonim tasviriy ifoda haqida gapiring, misol keltiring.
Mashq
1-mashq.Mazasi qochdi, alamini oldi, aqli kirdi, baloga qoldi, bag‘ri to‘ldi, bag‘ri tosh, bеl bog‘ladi, gapi bir joydan chiqdi, joni xalqumiga kеldi, kalavaning uchini topdi, ko‘zi ilindi, lafzi halol, nomi chiqdi, oq-qorani tanidi, tili bir qarich, xo‘rligi kеldi.
Topshiriqlar.1. Bеrilgan iboralarning ma’nosini yozing. Bir ma’noli va ko‘p ma’nolisini aniqlang. 2. Iboraning qaysi turkumga mansubligini aniqlang va lug‘atdan foydalanib, har bir turkumga mansub qatorni boyiting. Iboraga boy va kam iborali turkumni aniqlang. 3. Iboralarning ma’nodoshlik, uyadoshlik, zid ma’nolilik, shakldoshlik qatorini tuzing. 4. Lug‘atdan inson a’zosi nomi qatnashgan iboralarni aniqlang. 5. Lug‘atdan iboralarning eskirgan ko‘rinishini aniqlang. 6. Tarkibidagi ba’zi so‘zi ko‘chma ma’noli, ba’zisi o‘z ma’nosida bo‘lgan iboraga misol toping. 7. Tarkibidagi barcha so‘zi ko‘chma ma’noda bo‘lgan iboraga misol toping. 8. Lug‘atdan gap ko‘rinishidagi iboraga misol toping. 9. Lug‘atdan birikma tarzidagi iboraga misol toping.
2-mashq. Qora oltin, qo‘shiqlar mamlakati, sahro kemasi, salomatlik posbonlari, samo lochini, tangri so‘zi, umr yo‘ldoshlar, vatan posbonlari, yaylov bahodirlari, yaratgan egam, yashil qit’a, yerning yopinchig‘i, yetti xazinaning biri,
184
zangori ekran, zangori kema, zangori olov, o‘rmon malikasi, g‘azal mulkining sultoni, charm qo‘lqop ustasi, charm to‘p ustalari, cho‘l balig‘i.
Topshiriqlar.1. Bеrilgan tasviriy ifodalarning ma’nosini yozing. Bir ma’noli va ko‘p ma’nolisini aniqlang. 2. Tasviriy ifodaning qaysi turkumga mansubligini aniqlang va lug‘atdan foydalanib, har bir turkumga mansub qatorni boyiting. Tasviriy ifodaga boy va kam tasviriy ifodali turkumni aniqlang. 3. Tasviriy ifodalarning ma’nodoshlik, uyadoshlik, zid ma’nolilik, shakldoshlik qatorini tuzing. 4. Lug‘atdan tasviriy ifodalarning eskirgan ko‘rinishini aniqlang. 5. Tarkibidagi ba’zi so‘zi ko‘chma ma’noli, ba’zisi o‘z ma’nosida bo‘lgan tasviriy ifodaga misol toping. 6. Tarkibidagi barcha so‘zi ko‘chma ma’noda bo‘lgan tasviriy ifodaga misol toping.
Adabiyotlar
1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
4. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017.
5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013.
185

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin