Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə26/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

sinonimik munosabat – bir turkumga mansub leksemalarning atash semalari asosida farqlanib, ifoda semalari asosidagi birlashish munosabati
180
sinonim – bir turkumga mansub atash semalari asosida tuzilgan leksik qatordagi ifoda semasi bilan farqlanuvchi leksema
antonimik munosabat – bir turkumga mansub leksemalarning zid denotativ semalar asosida qarama-qarshi qo‘yilishi
antonim – zid denotativ semalar asosida qarama-qarshi qo‘yilgan bir turkumga mansub ikki leksemadan biri
graduonimik munosabat – bir turkumga mansub ikkitadan ortiq leksemalarning o‘zaro biror belgining oshib yoki kamayib borishiga asoslangan munosabati
graduonim – darajalanish qatoriga kiruvchi leksema
giponimik munosabat – bir turkumga mansub ikkitadan ortiq leksemalarning o‘zaro tur-jins belgisiga asoslangan munosabati
giponim – biror turga kiruvchi jinsni ifodalovchi leksema
Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
Tezkor savol-javoblar
1.Lisoniy-semantik munosabatlarning turlarini sanang.
2. Lisoniy-шаклий munosabatlarning turlarini sanang.
3.Leksik birliklar orasidagi sinonimlik munosabat qay asosda mavjud bo‘ladi?
4.Antonimik munosabat munosabat qay asosda vujudga keladi?
5.Graduonimik munosabat munosabat qanday asosda bo‘ladi?
6.Giponimik munosabat munosabat qay asosda sodir bo‘ladi?
7.Leksik-semantik munosabatning lisoniy tabiatliligi deganda nima nazarda tutiladi?
Mashq
1-mashq. 1. Salimjon aka... negadir bu odam bilan qiziqib qoldi-yu, aft-basharasi, bo‘y-basti, xullas, hammasini surishtira boshladi(L.Mah.) 2. Uning oppoq sochida, ko‘zoynak taqqan nuroniy yuzida hamisha muloyim tabassum balqib turardi(O‘.Hosh.)3. To‘lgan oydek to‘lg‘anib, ul qomati zebo yana, o‘z jamoliga berib pardoz ila oro yana... (Hab.). 4. Uning betidagi quyuq qora qoshi, qorachig‘i, yirikdan kelgan o‘ynoqi ko‘zlari Elmurodga Muharramni eslatdi(Shuh.). 5. Ular xuddi egizaklardek, chehralari bir-biriga g‘oyat o‘xshar, gavdalari qariyib farqsiz, ko‘rinishda yuvosh odamlar edi(Oyb.). 6. Turqi buzuq erkaklarning «ur uni (Hojarni)! U qishlog‘imizga isnod keltirdi! ...»,- deb xuddi hayvondek o‘kirganlari quloqlarim ostida qayta yangradi(H.Nos.).
Topshiriqlar. 1. Berilgan gaplarni diqqat bilan o‘qib chiqing. 2.Atash va vazifa semalari aynan bir xil bo‘lgan birliklarni saralab oling: a) saralab olingan birliklarning umumiyligini izohlang; b) ushbu birliklarning farqlanishi qaysi semasi asosida ro‘y berayotganligini aniqlang. 3. Saralab olingan birliklar orasida qanday munosabat mavjudligini ayting. 4. Ushbu qatordagi dominanta
181
leksemani toping. 5.Dominanta leksemaning o‘ziga xos xususiyatlarini bayon qiling. 6.Ma’nodoshlik qatori qaysi tizimga, ya’ni lug‘aviy ma’noviy guruhga mansub bo‘ladi? 7. Ushbu guruhga qatordagi qaysi leksema asosida birikadi, nima uchun? 8. Ma’nodoshlik qatoridagi har bir leksemaning sememasidagi semalarni aniqlang. 9. Ma’nodoshlik qatoridagi umumiylik va farqlarga asoslanib izoh bering. 10. Har bir leksemani ishtirok ettirib, nutqiy birliklar hosil qiling.

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin