Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə20/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Topshiriqlar. 1.Matnni diqqat bilan o‘qing. Undagi birliklarni ikki guruhga ajratib yozing: a) lug‘aviy ma’no anglatuvchi birliklar; b) faqat grammatik ma’no anglatuvchi birliklar. 2.Mavjud guruhlarni yana boshqa o‘xshash birliklar bilan boyiting. 3.Guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlarini alohida-alohida sharhlang. 4. a) 1-guruhdagi birliklarni o‘zaro qiyoslang; b) 2-guruhdagi birliklarni o‘zaro qiyoslang. 5. a) lug‘aviy ma’no anglatuvchi birliklardagi umumiylikni toping; b) grammatik ma’no anglatuvchi birliklardagi umumiylikni toping. 6. a) 1-guruhga mansub birliklardagi farqlarni aniqlang; b) 2-guruhga mansub birliklardagi farqlarni aniqlang. 7. a) 1-guruhdagi so‘zlarni o‘xshash va farqli xususiyatlari asosida tasniflang, alohida-alohida guruhlang; b) 2-guruhdagi so‘zlarni o‘xshash va farqli xususiyatlari asosida tasniflang, alohida-alohida guruhlang. 8. a) 1-guruhga tegishli birliklarning lisoniy tabiatini bayon qiling. b) 2-guruhga taalluqli birliklarning lisonioy mohiyatini bayon qiling. 9. Ajratilgan guruhlar orasidagi ziddiyat va munosabatlarni aniqlang. 10. Izohlangan birliklar asosida mashq tuzing.
2-mashq. I.Tilning eng asosiy poydevori va boyligi so‘zdir. Aytilgan so‘zni kishi eshitar ekan, uni ongli ravishda borliqdagi biror tushuncha bilan bog‘laydi. So‘z ifoda etgan turli tushunchalar odam miyasida umumlashib, biror ma’no bildiradi. Demak, so‘zning aytilishi va ifoda etgan tushunchalar hamda tushunchalarning umumlashuvi natijasida hosil bo‘lgan ma’no tilda doim o‘z aksini topadi.
II.Jannat xola endi cho‘ldan bir qadam ham boshqa yoqqa jila olmasdi. Uning yuragi shu cho‘lda. To‘qayga pinhoniy qatnab yurishiga, chodirdan ustara yo‘qolishiga sabab bor edi.
174
Tursunboy shu to‘qayda. Uning qamishlar orasida yashirinib yurishini Jannat xoladan boshqa hech kim bilmasdi (S.Ahm.).
III.Umr yo‘ldoshi urushda halok bo‘lgandan keyin Sharofat ikkinchi bor turmush quradi va shaharga ketadi. O‘g‘li Akbarali esa ota yurtida, bobolari qo‘lida qoladi. Oradan o‘tgan yillar mobaynida ona-bola hamisha aloqada bo‘lishadi. Sharofat xola uchun o‘zi dunyoga kelgan Shodasoy qishlog‘iga qaytib borish ulkan bir orzuga aylanadi (A.Mux.).
Topshiriqlar. 1.Matnda berilgan birliklar orasidan lug‘aviy ma’no anglatuvchi birliklarni ajratib oling. 2.Ajratib olingan lug‘aviy birliklarni o‘xshash belgilari asosida guruhlang. 3.Guruhlardagi qatorni boyiting. 4.Guruhlarning bir-biridan farqli tomonlarini bayon qiling. 5.Har bir guruhning o‘ziga xos xususiyatlarini alohida-alohida sharhlang.
2-mashq.
I. [yoz], [rasm],[daftar], [bahor], [yaxshi], [yosh], [bola],[kel], [oz], [o‘qi], [aql],[tekis], [ezgu].
II. [paxta],[bolalik],[katta],[oq],[buyuk],[oltin], [odob], [sekin], [gapir], [bor], [mustahkam], [besh], [musaffo], [chiq].
III. [til], [komil], [muqaddas], [kiyik], [ozodlik], [qaror], [to‘rt], [yigirma], [ek], [ich], [tabiat], [bir], [ishon].
Topshiriqlar. 1.Berilgan leksemalarni o‘xshash belgilari asosida guruhlang. 2.Guruhdagi sirani davom ettiring. Guruhlarning o‘zaro umumiyligini toping. 3.Har bir guruhning o‘ziga xos farqli belgilarini bayon qiling. 4.a) har bir guruh ichidagi birliklarning umumiy belgisini aniqlang; b) har bir guruh ichidagi birliklarning bir-biridan o‘zaro farqlovchi belgisini sharhlang. 5.Har bir guruhdagi birliklarni o‘xshash va farqli xususiyatlari asosida tasnif qiling va izoh yozing.
Adabiyotlar
1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
4. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017.
5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013.

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin