Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə13/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

5- AMALIY MASHG‘ULOT
FONETIK HODISALARDA UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK DIALEKTIKASI
Ishdan maqsad: Fonetik va fonologik birliklarni farqlash.
Lisoniy sathlar sirasida fonetika nutqning eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy asos bo‘luvchi birliklarini beradigan sath sifatida ajralib turadi.
166
Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari ― tovush yoki tovushlar sistemasi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushi o‘zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar:
a) talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat);
b) tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (akustik jihat);
d) kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funksional, sotsial, lisoniy jihat).
Nutq tovushining haqiqiy va muhim jihati – uning funksional aspekti. Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish yoki ajratgan holda tadqiq qilish masalasida bir xillik yo‘q. Ba’zi mutaxassislar nutq tovushining fiziologik tomoni biologiya, akustik jihati fizika fanining o‘rganish predmeti bo‘lib, tilshunos uning faqat funksional tomoninigina tekshirishi lozim degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari har uchala jihat bir-biridan ajralmas, ularni yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan qarash tarafdori. Ana shu ikki xil qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki – fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Natijada fonetika nutqiy variant (nutq tovushi)ni, fonologiya esa lisoniy invariant (fonema)ni tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘ldi. Biz “Hozirgi o‘zbek tili” kursida tilning lisoniy strukturasini o‘rganishimiz zarurligi tufayli tahsil obyektimiz fonema bo‘ladi.
Fonetika termini grek tilidan tarqalgan bo‘lib, “fonetikos” – “tovushga oid” degan ma’noni bildiradi. Fonetika inson nutqi tovushlari va tovushlar talaffuziga bog‘liq har xil masalalar bilan shug‘ullanadi.
Har bir tilning tovushlar tizimi o‘ziga xos. Ammo xalqlar til nazariyalarini bir-birlaridan o‘zlashtiradilar. Ana shunda katta muammo va chalkashliklar paydo bo‘ladi. Bu muammo bir til qurilishi asosida yaratilgan nazariyalar asosida boshqa til hodisalari ham baholana boshlashida namoyon bo‘ladi. Natijada keyingi tilning xususiyatlari oldingi tilga xos ilmiy stereotiplar asosida tahlil qilinadi va tilning haqiqiy xususiyatlari e’tibordan chetda qoladi. Bu holat tillar tadqiqida alohida e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan “lingvistik kasallik” dir. Fonetika ham bu “kasallik”dan xoli emas.

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin