Guliston davlat universiteti


Leksema – atash mohiyatiga ega, mustaqil ma’no anglata oladigan, tugal shakllangan lisoniy birlik So‘z



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə6/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Leksema – atash mohiyatiga ega, mustaqil ma’no anglata oladigan, tugal shakllangan lisoniy birlik
So‘z – leksemaning nutqda reallashgan, borliq hodisalarini ifodalash uchun qo‘llangan, grammatik shakllangan ko‘rinishi
Qolip – gap, so‘z birikmasi va yasama so‘z hosil qilish andozasi sifatidagi lisoniy birlik
Hosila – muayyan andoza asosida hosil bo‘lgan nutqiy birlik
Sistema shartlari
Sistema o‘zaro munosabatlarga kirishgan elementlar yaxlitligidir. Sistema tarkibidagi elementlarning belgilari uch turga bo‘linadi:
1.Sistemani tashkil etuvchi belgilar.
2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar.
3.Sistemaga betaraf belgilar.
Buni hayotiy bir dalil bilan asoslaymiz. Deylik, oila bir sistema. Uning tashkil etuvchilari, ya’ni elementlari ayol va erkak. Ayol va erkak (elementlar) quyidagi belgilarga ega бўлади:
1.Sistemani tashkil etuvchi belgi: turli jinsga mansublik.
2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar: erlik va xotinlik.
3.Sistemaga betaraf belgilar: bu har bir oila sistemasida o‘ziga xos bo‘lishi mumkin.
Har bir oila o‘ziga xos alohida sistema bo‘lganligi sababli ularni tashkil etuvchi elementlarning yuqorida aytilgan uch belgisi ham o‘ziga xos bo‘lishi mumkin. Masalan, bir oila uchun diniy e’tiqod birinchi belgi bo‘lsa, u boshqa oila uchun uchinchi belgi bo‘lishi mumkin.
Til sistemasi, uning ichki sistemalari ham xuddi shu qonuniyat asosida qurilgan.
Paradigma haqidagi ilk tasavvurimizni shakllantirish uchun borliqdagi bir dalilga murojaat qilamiz.
Qo‘limizda bir shoda har xil kalit bor. Qulfni ochish uchun ularni birma-bir qulfga tiqib ko‘ramiz. Natijada bittasi tushadi va qulf ochiladi. Ana shu kalitlar shodasini paradigmaga qiyoslash mumkin. Kitob... berdi gapi bamisoli qulf. Uning teshiklariga kelishiklardan biri tushadi. –ning, -ni, -da qo‘shimchalarini birma-bir qo‘yib ko‘ramiz. Qurilmaga tushum kelishigi shakli –ni tushadi.
Umumiy belgisi asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan, ammo har biri o‘ziga xos belgisi bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar sistemasiparadigma deyiladi (paradigma grekcha paradeigma – “misol”,
159
“namuna” degan ma’nolarni bildiradi)4. Har qanday lisoniy sistema, bir vaqtning o‘zida, lisoniy paradigma sanaladi. Grammatik kategoriyalar ham lisoniy paradigma ko‘rinishlaridan biri.
Paradigmani tashkil etuvchi lisoniy birlik paradigma a’zosi deb yuritiladi. Paradigma kamida ikkita a’zodan iborat, ular, asosan, bir lisoniy sathga mansub bo‘ladi.

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin