Mushtarak – barcha uslub uchun umumiy bo’lgan.
Neologizmlar- Yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan so’zlar
Nota – bir davlatning ikkinchi bir davlatga yuboradigan rasmiy xati
Nutqiy shtamp – qoliplashgan yoki qolipga tushgan jumlalar
Obrazlilik-badiiylik, tasviriylik
Okkazionalizm - har bir ijodkorning stiliga xos bo’lgan, u yaratgan so’zlar.
Oksyumoron (Kataxraza)-Mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki tushunchani qo’shib qo’llash. Baqirgan sukunat, qizil qor, shirin g’am.
Ommabop matn - maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari
Paralingvistik vositalar - imo – ishora va qo’l harakatlari.
Paremalar- maqol-matal va hikmatli so’zlar
Professionalizm- Tildagi kasb-hunarga oid bo’lgan so’z va iboralar.
Rasmiy matn -ma’lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar
Ritorik so’roq gaplar- javobi mazmunidan anglashinib turadigan gaplar
Sarkazm- Achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na, piching.
Sinekdoxa-Bir predmet nomining boshqa predmetga butun va qism munosabati asosida ko’chishi, butunning nomi qismning nomi yoki aksincha bo’lib qolishi.
Stilistik bo’yoq –qaysi uslubda qo’llanishini ko’rsatuvchi ma’no buyog’i.
Stil – Stilet (ingichka hanjar va stilo-avtoruchka so’zlari kelib chiqqan)
Struktural stilistika – tilning vazifadosh uslublarini o’rganuvchi stilistika.
Sub’ektiv baho – muallifning munosabati.
Takror- Ayni bir so’z, ibora yoki sintaktik shakllarning muayyan maqsad bilan qaytarilishi.
Takt- frazaning bir qismi bo’lib yarim to’xtam bilan ajraladigan bir yoki bir necha so’zdan iborat bo’lak. Termin- ilmiy atama
O’xshatish-Ikki narsa yoki hodisa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to’laroq, aniqroq bo’rttiribroq ko’rsatib berish.