Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə48/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Muhokama uchun savollar:
1. 1. Ilmiy uslubning qanday xususiyatlari bor?
1.2.Ilmiy uslubda ichki va tashqi nutq qanday ifodalanadi?
1.3.Ilmiy uslub va obrazlilik deganda nimani tushunasiz?
1.4.Ilmiy uslubning fonetik, leksik va grammatik
1.5.Ilmiy uslubga oid so’zlar qaysi qatorda berilgan?
1.6. Ilmiy uslubning o’ziga xos holatlari haqida gapiring.
1.7. Ilmiy nutqda qaysi holatlar asosiy o’rinni tutadi?
1.8. Ilmiy uslubda yozilgan gap tuzing.
1.9. Quyidagi gap qaysi uslubga xos?
Ko’mirning to’la yonishi natijasida karbonat angidrid hosil bo’ladi, bunda uglerod kislorod bilan oksidlanadi.
1.10. Ushbu matn qaysi uslubda yozilgan?
Trapetsiyaning o’rta chizig’i asoslariga parallel va ular yig’indisining yarmiga teng.
1.11. Ilmiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari haqida gapiring.
1.12. Ilmiy-ommabop asarlarga xos xususiyatlarni izohlang.
1.13. Ilmiy tadqiqot asarlariga misollar keltiring.
1.14. Ilmiy uslubda tadqiqiot xarakteriga bog’liq ravishda raqamlardan foydalanish to’g’ri ishiga misollar keltiring.


2-savol bo’yicha o’qituvchining asosiy maqsadi:

  • Atamalarning ko’p ishlatilishi ilmiy nutqning eng asosiy belgisi ekanligini tushuntirib berish.

  • Fanning turli sohalariga oid atamalarni o’rgatish.

  • Ilmiy uslub mazmunining g’oyalar, faktlar, qonuniyatlar, hodisalar va tushunchalar tizimi bilan aloqadorligini tushuntirish.



Identiv o’quv maqsadlari:

  • Ilmiy atamalrni tasavvur qila oladi.

  • Terminlar mohiyatini izohlaydi.

  • Atamalarning asosiy ma’nosini anglab etadi.

  • Ilmiy uslubdagi terminlarning xalqchil bo’lishini tushuntirish.



2-asosiy savolning bayoni:
Ilmiy uslub doirasi anchagina keng va xilma-xildir. Chunonchi, bir qator ijtimoiy fanlarga oid tadqiqotlar ko’proq ommaviyligi bilan tavsiflansa, Aniq fanlarga oid tadqiqotlar mutaxassislar doirasida ko’proq anglashilarli bo’ladi. To’g’ri, turli fanlarga oid xulosalar ham barcha mutaxassislar uchun aniq emas. Masalan aruz bahrlari haqidagi fikrlar hamma uchun ham tushunarli bo’lavermaydi. Biroq bir kimyoviy qolip yoki riyoziy tenglamaning aniqligi mutaxassis faoliyati bilan yanada bog’liqdir. Shunga ko’ra, ilmiy uslubda atamalar ko’proq qo’llaniladi. Termin masalasida shuni aytish kerakki, termin doim xalqchil bo’lishi kerak. Bir tushuncha uchun aniq bir terminni qo’llash ma’qul hisoblanadi.
Bir tushuncha uchun 2-3 termin qo’llanishi noaniqlik keltirib chiqaradi. Demak, mantiiqiy dalillanish va tasvifiy aniqlik ilmiy uslubning eng muhim masalalaridan biridir.
Ilmiy uslub (yoki ilmiy bayon uslubi)da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o’zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog’liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil qiladi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topma, unda abstrakt leksika va ko’p ma’nolilik xususiyatiga ega bo’lgan umumxalq so’zlari ham keng qo’llaniladi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi.
O’zbek ilmiy uslubida obrazli nomlarning roli juda kattadir. Masalan: oq tuproq, qora tuproq, qizil tuproq, sho’rtuproq; muzlik kamari, muzlik darvozasi, muz tili, kulcha muz; marjon qirg’oq, panjarasimon qirg’oq; oy o’tovi, serostona daryo, patsimon bulutlar kabi terminlar ham aslida obrazli ifodalardan kelib chiqqan.
Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy adabiyotdagi obrazlilik farqlanadi. Ilmiy uslubda obrazli nomlar faqat nominativ atash funktsiyasini, badiiy adabiyotda esa estetik ta’sir ko’rsatish vazifasini bajaradi. Obrazlilik katigoriyasi agar ilmiy uslubda «so’ngan, nursiz»holda ko’rinsa, badiiy adabiyotda esa «jonli» tarzda namoyon bo’ladi. Masalan, uchar yulduz, somon yo’li astronom uchun, avvalo, termin vazifasini o’taydi, yozuvchi uchun esa bu so’z birikmalari o’xshatish yoki obrazli ifoda manbai bo’lishi mumkin.
Odatda ilmiy uslubga mansub materiallar o’z mazmuniga ko’ra 2 turga bo’linadi:
1.Ilmiy tadqiqotlar.
2.Ilmiy-ommabop asarlar.
Ilmiy tadqiqotlar biron-bir fan sohasidagi izlanishlarni qamraydi, uzoq yillar olib borilgan ijodiy mehnat samarasini ko’rsatdi.Masalan: Oybekning «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo’li», I.Sultonning «Navoiyning qalb daftari», H.Yoqubovning «Adibning mahorati» kabi asarlar xuddi shunday tadqiqotlardir.
Ilmiy ommabop asarlar hamma uchun tushunilishi qiyin bo’lgan masalalarni sharhlaydi. Bunday asarlarda iloji boricha murakkab atamalar qo’llanmaydi. Bu uslubda ham shevachilikka yo’l qo’yilmaydi. Lekin bu ikki xillik ilmiy uslub umumiylik asosida bir-biriga bog’liq bo’ladi.
Xullas ilmiy uslub materialini o’zaro tutashtiruvchi holatlar quyidagilar:
1.Dalillarning aniqligi, mantiiqiy asosligi, tavsifiy izchilligi ilmiy uslubning barchasi uchun muhim xususiyatdir.
2. Ilmiy terminlarining ko’proq qo’llanilishi bu sohaning harakteriga mosdir.
3. Ilmiy uslubda gap bo’laklarining tushib qolish alomati kam uchraydi.
4. Adabiy meyorga rioya qilish, gaplarning grammatik shakllanganligi bu uslubning etakchi xususiyatidir.
5. Shevachilikka yo’l qo’yilmaydi.
Ilmiy uslub ilmiy faoliyat sohasiga xizmat qiladi.U asosan fan tili.Asosiy vazifasi g’oyalar faktlar qonuniyatlar hodislar va tushunchalar tizimi bilan aloqadorlikdir. Bu axborotlar isbotlangan , dalillangan va umumlashganligi,yozma nutq shaklida nomoyon bo’lishi uning o’ziga xos xususiyatlaridir.Axborotning holisligi va umumlashganligi,mantiqiy vap izchilligi,aniq va batafsilligi bu uslubga xosdir.Bu uslubda avtor shaxsi ifodalanmaydi,buyoqdor so’zzlar uchramaydi.Xar bir fan sohasiga oid shartli qisqartmalar va ramziy belgilar uchraydi.Shu fanga oid termnlar uchraydi.
Albatta, ilmiy texnik bayon ilmiy matematik bayondan yoki qat’iy ilmiy bayon ilmiy-ommabop bayondan ma’lum darajada farqlanadi. Bu tafovutlar bayon qilish situatsiyasi va bayon qilish «materiali»dan kelib chiqadi. Binobarin, ilmiy-texnik, ilmiy-ommabop, ilmiy-ommabop matematik bayonlar ilmiy uslubning ko’rinishlari bo’lgani uchun, ular ilmiy uslubga xos umumiy, yaxlit xususiyatlarga ega bo’ladi. Ilmiy uslubning barcha belgi-alomatlari ularning har birida o’ziga xos bir shaklda takrorlanadi. Masalan ilmiy uslubning ilmiy-ommabop variantida yozilgan biron fanga oid kitob, maqola va lektsiyalar shu fan masalalari bilan tanish bo’lmagan kishilar uchun mo’ljallanganda material ularga tushunarli shaklda bayon etiladi, fikr jonli va qiziqarli tushuntiriladi, ilmiy terminlar kam qo’llaniladi, umuman tanish bo’lmagan termin va mavhum formulalar o’rniga aniq tasviriy materiallarga kengroq o’rin beriladi. Lekin ilmiy uslub bilan uning ilmiy-ommabop ko’rinishi o’rtasidagi bir xildagi tafovutlar ilmiy uslub tushunchasining bir butunligiga, yaxlitligiga putur etkazmaydi.
Monologik xarakterda o’zbek ilmiy terminologiyasida oq tuproq , sariq tuproq kabi obrazli terminlar ko’rinishidan obrazli tuyulsa ham, lekin ilmiy uslubda narsa va xodisalarni faqat nomlash uchun xizmat qiladi. Badiiy adabiyotda esa obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qilib, kitobxonga estetik ta’sir etish vositasiga aylanadi. Masalan, uchur yulduz, quyruqli yulduz kabi astronomik terminlar shular jumlasidandir.
Ilmiy -ommabop uslubda badiiy nutq unsurlari va usullariga murojaat qilinishi xollari tez-tez uchrab turadi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin