ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113 Academic Research, Uzbekistan 112 www.ares.uz Muhammad
Qushchi
(1403-1474)
о„zidan matematika va astronomiyaga
bag„ishlagan dunyoga mashhur ilmiy ishlarini qoldirdi. U yil fasllarining о„zgarishini
Yerning Quyoshga yaqinlashishi natijasida Quyosh nurlarining Yer sathiga ta‟siri
bilan bog„liq deb hisoblagan, Quyoshning tutilishi jarayonini ilmiy nuqtai nazardan
aniqlagan. Ali Qushchining asarlari XVI-XVII О„rta va Yaqin Sharqda astronomiya
va matematika rivojiga salmoqli ta‟sir qilgan.
Mirzo Ulug„bek, al-Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasi ravnaqiga salmoqli
hissa qо„shishdi va astronomik kuzatuv bilimlarini yanada yuqori darajada
kо„tarishdi. 1428-1429-yillarda Ulug„bek radiusi 40 metr kvadrant bosh uskunasi
bо„lgan, о„lchamlari tengsiz, noyob astronomik rasadxona qurgan. Samarqandda 30
yillik kuzatishlar asosida tuzilgan 1018 yulduz katalogi uzoq yillar dunyoda tengsiz
bo„lib qoldi. Ulug„bek astronomiya maktabi yutuqlari Sharq va G„arb fani
yuksalishiga katta ta‟sir kо„rsatdi. Uning ilmiy asarlari dunyoning kо„p tillariga
tarjima qilindi, Yevropa va Amerikada keng tarqaldi. Mirzo Ulug„bek jahon fani
tarixida Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir
qatorda turadi. M.V. Lomonosov nomidagi MDU katta zalida barcha davrlar
olimlariga bag„ishlangan tarixiy xotira galereyasida о„rta asrlarning mashhur olimi
Mirzo Ulug„bekning portreti haqli ravishda о„ziga mos joyni egallagan.
О„zbekistonning bir qator shaharlari va Belgiyada Mirzo Ulug„bekka haykal
о„rnatilgan, qadimiy Samarqand observatoriyasiga, qator universitetlarga, jumladan
О„zbekiston Milliy universitetiga, maktablarga, shaharga qarashli tumanlarga va
О„zbekistondagi fizik-yadroshunoslar qо„rg„oniga uning nomi berilgan[2].