ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113 Academic Research, Uzbekistan 110 www.ares.uz – al-jabr, ya‟ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-
muqobala, ya‟ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo‟yishni kashf qildi.
Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950)
tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga
sazovor bo‟lgan mutafakkirdir.
Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko‟p tillarni bilgan
qomusiy olimdir. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo‟lib, uni ikki guruhga
ajratish mumkin: 1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini – Aristotel,
Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash,
targ‟ib qilish va o‟rganishga bag‟ishlangan asarlar; 2) o‟rta asr fanining tabiiy,
ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar.
Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”, “Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, “Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bo’shlik haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g‟alabaga erishuvi, yaxshilikni
qo‟lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko‟tarilishi inson va jamoaning o‟z
qo‟lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo‟ladi. Fazilatli shaharlarda ilm-fan,
falsafa, axloq-ma‟rifat birinchi o‟rinda bo‟lmog‟i lozim deb biladi. Shunda jamiyat
etuklikka erishadi.
Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi ko’ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, hayr-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi. Jahon madaniyati va ma‟rifatiga katta hissa qo‟shgan, Sharq va Evropada
“Shayx-ur-rais – olimlar boshlig‟i” unvoniga ega bo‟lgan alloma Abu Ali ibn
Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o‟z umri davomida
450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi
asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo‟yicha asosiy qo‟llanma bo‟lib
xizmat qilib kelmoqda.
Ibn Sino yoshligida zo‟r mehnat, izlanish, g‟ayrat bilan ilmlarni o‟rganishga
kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham o‟ngimdagi
masalalarni ko‟rardim. Shu holatda ko‟p masalalar tushumda menga ayon bo‟lardi...
shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat