ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113 Academic Research, Uzbekistan 111 www.ares.uz darajasida
egallaydigan
darajada
bilimni
egallab
oldim.
Aristotelning
“Metafizika”sini “qirq bir marta qayta o‟qidim”. U menga hatto yod bo‟lib ham
qoldi. Lekin shunday bo‟lishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna
olmasdim”, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning
Aristotel “Metazifika”siga yozgan sharhini o‟qib hal qiladi.
IX-XII asrlar ma‟naviyati va ma‟rifati rivojida XI asrning ko‟zga ko‟ringan
shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o‟rin tutadi. Yusuf Xos Hojib o‟zining yagona
dostoni bo‟lmish “Qutadg‟u bilig” bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan
bo‟lib, uni shoir Qashg‟ar hokimi Sulaymon Asrlon qoraxonga bag‟ishlagan. Shu
asari uchun unga Xos Hojib, ya‟ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvoni
berilgan.
Doston qahramonlari – hokim Kuntug’di adolat ramzi, vazir Oyto’ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o’g’li O’gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi. Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va foydali
mehnatda chinakam kamolotga etadi, degan g‟oyani ilgari suradi. Insonga foyda
keltirmaydigan inson – o‟likdir, deb ta‟kidlaydi. Jamiyatda mehnat ahli – dehqonlar,
chorvadorlar, hunarmandlar hal qiluvchi rol o‟ynaydi, deb uqtiradi.
Shuning uchun, Yusuf Xos Hojib hokimga adolatli bo’lish, o’zboshimchalik va qonunsizlikka yo’l qo’ymaslikni maslahat beradi. Yusuf Xos Hojib ilm va ma‟rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab-
yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashgan da‟vat etadi. U kishini
zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash‟alga
o‟xshatadi. Shoir kishilarni so‟zlaganda o‟ylab gapirishga chaqiradi. So‟zingga
ehtiyot bo‟l, boshing ketmasin, tilingga ehtiyoj bo‟l, tishing sinmasin. Ma‟nodor so‟z
donolik alomati, bema‟ni so‟z mahmadanagarchilik axmoqlik alomatidir. Shu bois
odam ko‟proq quloq solib, kam gapirishi kerak deb aytadi.Yusuf Xos Xojib
shuningdek, insonning tashqi qiyofasi uning ichki ma‟naviy dunyosiga mos
bo‟lishiga katta ahamiyat beradi. Mutafakkir yolg‟onchi, munofiq kishilar jamiyat
uchun zararli, bunday kishilardan uzoq bo‟lish kerak deydi.
Muhammad Tarag„ay Ulug„bek (1394-1439) о„zidan ulkan ilmiy va madaniy
meros qoldirdi, “Ziji jadidi Kо„ragoniy” (“Yangi Kо„ragon astronomik jadvallari”) –
“Ulug„bek ziji” buyuk olimning dunyoga mashhur asari. Ulug„bek Samarqandda
observatoriya va madrasa qurdi, о„z akademiyasini tashkil qildi. О„z shogirdlari bilan
mingdan ortiq yulduzni о„rganib, rо„yxati – “yulduzli osmon xaritasi”ni tuzdi.
Ulug„bek akademiyasida olimlar faqat astronomiya bо„yicha emas, balki matematika,
falsafa, tarix va boshqa fanlarga oid tadqiqotlar ham olib borishgan. Ulug„bek
akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono Aloviddin Ali ibn