ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113
Academic Research, Uzbekistan 109 www.ares.uz
tariximizdan, dinmizdan, ma‟naviy merosimizdan g‟ofil etishga urindilar,
- natijada
ular o‟z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy,
ijtimoiy-falsafiy, axloqiy
madagiyatidan bahramand bo‟lish, o‟rganishdan mahrum bo‟lib keldi”[1].
Mustaqillik tufayli o‟rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo‟lgach, ona zaminimiz
ma‟naviy merosini chuqurroq o‟rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o‟z
tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‟lmaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
IX-XV asrlarni Yaqin va O‟rta Sharq mamlakatlarida
shartli ravishda
«Renessans» (uyg‟onish) davri deb atashadi. Ma‟naviyat va ma‟rifatning g‟oyat
gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo‟lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari,
ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan.
Dunyoviy fanlarning tez
sur‟atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta‟sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa
halifa Ma‟mun davrida (813-133 yy.) Bag‟dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi)
tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va
ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o‟girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib
chiqqan
mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg‟oniy, al-Farobiy, Ibn Sino,
al-Beruniy
kabi mutafakkirlar ham katta rol o‟ynadilar.
O‟rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-
Farg‟oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog‟liqdir. Ularning har ikkovi ham
Bag‟doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan.
1998 yilda al-
Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861
yildir.
U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va
astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo‟ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani usullari”,
“Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg‟oniyning “Astranomiya
asoslari” kitobi o‟sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo‟lgan.
Unda qadimgi
falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan.
Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko‟p
asrlar davomida Evropada
astronomiya bo‟yicha qo‟llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada al-
Fraganus nomi bilan mashhur bo‟lgan.
Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir.
Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari
beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri
“Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan –
algebraning vujudga kelishiga zamin bo‟ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini