Yassi to‘g‘ri burchakli koodinatalar. Geometriyadan mahlumki, to‘g‘ri burchakli koordinata tizimida nuqtalarning bir – biriga nisbatan o‘rni, o‘zaro tik tushirilgan qarama - qarshi (perpendikulyar) ikki chiziqqa nisbatan aniqlanadi. O‘zaro kesishgan tik chiziqlar nuqtasi koordinata o‘qlari deyiladi, ulardan koordinata boshi deb foydalaniladi.
Yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar, nuqtalarning tekislikdagi joylashuvini, belgilangan koordinatalar boshiga nisbatan chiziqli o‘lcham yordamida aniqlanishini bildiradi. Tik o‘q (vertikalg‘naya osg‘) – X (iks) o‘qi, yotig‘i esa – Y (igrek) o‘qi deb aytiladi. Nuqtalarni joylashuvini koordinata o‘qlarining O a va O b bo‘laklari yoki nuqtadan tegishli koordinata o‘qlarigacha (Xm vaYm) bo‘lgan bo‘laklardan aniqlanadi. (41-rasmga qarang) Bizning misolda Xm o‘lchami - to‘rt bo‘lakka, Ym o‘lchami esa – olti bo‘lakka teng. Demak, N nuqtani to‘g‘ri burchak koordinatalari X=4, Y=6 bo‘ladi. OY (Y o‘qi) chizig‘idan yuqorida X o‘lchami sifati musbat (+), ostda esa manfiy ( - ) hisoblanadi. OX (X o‘qi) chizig‘idan o‘ngda (sharqda) Y o‘lchami sifati musbat (+), undan chapda (g‘arbda) manfiy (-) hisoblanadi. Topografiyada, yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalarni qo‘llashda bahzi bir xususiyatlari, chunonchi Erning sharga o‘xshash tuzulishi sababli, uning tekislikdagi tasviri noto‘g‘ri ko‘rsatiladi.
Xaritada inshootlarni (nishonlarni) koordinatasini aniqlash. Kilometrli to‘rdan va xarita varaqasi chegara orti ko‘rsatkich yozuvidan foydalanib, oldin nuqtaga yaqin bo‘lgan (undan pastda va chapda joylashgan) koordinatalar chizig‘ini (X va Y) to‘liq koordinata ko‘rsatkichi aniqlanadi. Undan keyin shu nuqta joylashgan yotiq chiziqdan – katakni pastki tomonidan va tik chiziqdan – katakni chap tomonidan (kesishgan chiziqlar bo‘yicha) metrda masofa aniqlanadi. Masofani metr o‘lchamiga nuqtadan o‘lchangan koordinat chiziqlari kilometrlar ko‘rsatkichiga qo‘shiladi: katakni pastki yotiq chiziq tomon masofasini X koordinatasiga, katakni chapgi tik chiziq tomon masofasini esa Y koordinatasiga. Bo‘laklar o‘lchamini qo‘shish natijasida olingan qiymat, nuqtaning boshlang‘ich koordinatga nisbatan joylashuvini aniqlovchi to‘liq koordinatlari bo‘ladi. Faraz qilaylik yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan o‘lchami 1:50 000 xaritada tuproqli yo‘llar kesishmasini to‘liq koordinatasini aniqlash kerak.
Bu yo‘llar kesishmasini xaritada topib, undan pastda va yaqin joylashgan koordinata chiziqlaridan to‘liq koordinat o‘lchamini aniqlaymiz. Katakni pastki tomonini tashkil qiluvchi yotiq chiziq 8803, 5988 yozuviga ega, yahni X=5988 km. SHu katakni chap tomonini tashkil qiluvchi tikka chiziq, 2403 ko‘rsatkichiga ega, yahni Y=2403 (2-zona raqami, 403-kilometrda koordinata ko‘rsatkichi). Birinchi 2 ta raqamni (24) xarita chegarasini g‘arbiy tomoniga yaqin 2402 yozuviga ega bo‘lgan chiziqdan topamiz. Keyin katakni pastki yotiq chizig‘i tomonidan yo‘lning tutashgan joyigacha masofa aniqlanadi. U, 1,2 sm xaritada yoki 600 m joydagi masofaga teng bo‘ladi. SHu tarzda katakni chapki tikka chizig‘i tomonidan masofani o‘lchab, 500 m natija olamiz. Olingan masofalarni koordinata chiziqlarini tegishli ko‘rsatkichiga qo‘shib, yo‘llar tutashgan joyini to‘liq koordinatasiga ega bo‘lamiz: X = 5 988 000m+600m=5 988 600m, Y=2 403 000+500m=2 403 500 m.
Xarita bilan ishlashda odatda to‘liq koordinatalardan foydalanishni xojati yo‘q, qisqartirilgan koordinatalarga ega bo‘lishning o‘zi etarli. Qisqartirilgan koordinatalar deb, minglik va yuzlik kilometrlarni ko‘rsatuvchi raqamlari bo‘lmagan son yozuvlariga aytiladi. Masalan, yuqoridagi rasmdagi yo‘llar tutashgan joyning qisqartirilgan koodinatasi: X= 88 600; Y= 03 500 deb yoziladi. To‘liq va qisqartirilgan koordinatalar alohida X ,Y bilan etkaziladi va yoziladi. Mahlum bo‘lgan koordinatalar bo‘yicha nishonlarni, mo‘ljallarni, o‘t otish joylarini va boshqa inshootlarni doimo xaritaga kiritilishi kerak bo‘ladi. Faraz qilamiz, nishon (dushman o‘qotar quroli) xaritada hech narsa bilan belgilanmagan nuqtada joylashgan, lekin uni qisqartirilgan koordinatlari mahlum: X=90850;Y=02550. Vazifa quyidagi tartibda bajariladi: - oldin nishon joylashgan katak aniqlanadi. X,Y koordinatalarning oldingi ikkita raqami (o‘nlik va birlik kilometrlar), bizga nishon 9002 katagida (90-yotiq chiziq, 02-tikka chiziq) joylashganligini ko‘rsatayapti.
Xaritada nishon ko‘rsatish.
Nishon ko‘rsatish vazifasi, topilgan nishonlarni joylashgan erini ko‘rsatish va aniqlashdan iboratdir. Nishonlarni joylashuvini aniqlash uslubiga ko‘ra, nishon ko‘rsatishni to‘g‘ri burchakli koordinatlarda, shartli chiziqdan, kilometrli to‘r katagi bo‘yicha farq qiladi. To‘g‘ri burchakli koordinatlarda nishon ko‘rsatish – nishonlarni joylashuvini ko‘rsatishda eng ko‘p tarqalgan va aniq usuldir. Kilometrli to‘r katagi bo‘yicha nishon ko‘rsatishda, nishon joylashgan katakni ko‘rsatish kifoya qiladi. Katak kilometrlar chizig‘i belgilari raqami bilan ko‘rsatiladi, uning kesishmasidan, janubiy – g‘arbiy (pastki chap) burchak tashkil bo‘ladi. Xarita katagini ko‘rsatishda aniq bir qoidani yodda tutish kerak: oldin yotiq chiziqda yozilgan (xarita chegarasining sharqiy yoki g‘arbiy tomonidagi) ikkita son, yahni X koordinatasi, so‘ng esa tik chiziqda yozilgan (xarita chegarasining shimoliy yoki janubiy tomonidagi) ikkita son, yahni Y koordinatasi aytiladi. SHu bilan bir qatorda, sonlarni X va Y larga bo‘lmagan xolda birgalikda yoziladi va o‘qiladi; masalan: nishon – axoli yashash maskani, 0512 (nolg‘ besh o‘n ikki).
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R. Mustaev, Harbiy topografiya, Farg‘ona-2021 y.