Odatda, yosh zamonaviy pedagoglar tengdoshlari orasida ajralib turadigan yorqin xislatlarga ega shaxslardir. Ular nafaqat tengdoshlarini o’ziga jalb qila oladi, balki o’zidan katta yoshdagilar bilan ham tez til topisha oladi. Bunday zamonaviy pedagog tengdoshlaridan ko’ra ko’proq ma’lumotga ega bo’ladi, bu esa unga muhim masalalarni hal etish imkonini beradi.Yosh zamonaviy pedagog - tarbiyachilarga xos xususiyatlarni quyidagi toifalarga bo’lish mumkin:

– qunt-matonatlilik – iroda kuchini namoyon qila olish, qat’iyatlik, ishni yakuniga yetkaza olish;
– dadillik – his-tuyg’u va harakatlarini, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda nazorat qila olish;
– mehnatkashlik – bardoshlilik, murakkab vazifalarni bajara olish qobiliyati;
– mustaqillik – mulohaza yuritishda mustaqillik, masuliyatni o’z zimmasiga olish.
Zamonaviy pedagog – tarbiyachining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni zamonaviy pedagoglik iste’dodining boshqalardan farqli ko‘rsatkichlari qatorida yana quyidagilarni qayd etish mumkin:
– tashkilotchilik ziyrakligi – o’zgalarni tushunish, ularning ichki olamiga kira olish, individual fazilati, kayfiyatini inobatga olgan holda masalaga yondashish;
– faol psixologik tasir kuchiga egalik – yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda, ularning xususiyatidan kelib chiqib, insonlarga turli usullar bilan tasir o’tkaza olish;
– zamonaviy pedagoglik ma’suliyatini o’ziga olish.