Mazkur yondashuvlar (falsafiy konsepsiyalar, umumilmiy yondashuvlar singari) konkret ilmiy tadqiqotning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi. Metodologiyaning falsafiy darajasini falsafiy kategoriyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar tashkil etadi: dialektik materializm, ekzistensializm, falsafiy antropologiya, pragmatizm, postmodernizm, global evolyusionizm va boshqalar. Ilmiy tadqiqotlarning asosi sifatida falsafiy konsepsiyalar, yondashuvlar quyidagi vazifalarni bajaradi: ontologik (falsafiy kategoriyalarda o‘z aksini topgan reallikning yangi modeli), evristik (obyektlarning yangi turi, obyektlar mohiyatining yangi “anglash doirasi”ni belgilovchi yangi kategorial matritsa, reallikni “his etish usuli”, aniq-ilmiy fanlar kategorial apparatining rivojlanish darajasi, tadqiqotning yangi strategiyalari), epistemologik (ilmiy anglash, uning sifat mezonlari (asoslanganlik, ishonchlilik)ning mohiyatini anglash tadqiqotning evristik strategiyalarini shakllantiradi), aksiologik (tadqiqot “mafkurasi”, yangi ideallar, dunyoqarash ustanovkalari konkret ilmiy tadqiqotlarning aksiologik yo‘nalishini belgilaydi va tadqiqotchining anglash dajarasi, uning ideallari va dunyoqarashini shakllantiradi
Postmodernizm g‘oyalari kontekstida pedagogik tadqiqotlarning asosiy masalalaridan biri – har bir inson “o‘zining ayniyligi va o‘z burchini” anglashi, uning noyobligi bilan mos keluvchi umuminsoniy qadriyatlarning ierarxiyasini yaratishi uchun sharoit yaratuvchi iste’dod va imkoniyatlar, ehtiyojlar, dalillar, manfaatlar, uning madaniy borlig‘ining xilma-xilligini hisobga olgan holda har bir alohida shaxsning genetik imkoniyatlari rivojlanish sharti sifatida individual ta’lim traektoriyalarini tanlash imkonini yaratuvchi polifonik ta’lim tizimlarini loyihalashtirishdir. Postmodernizm pozitsiyasidan ta’limning, u qanchalik ratsional asoslanmasin, o‘zgarmas universal modelining mavjudligi imkoniyati inkor etiladi. Ilmiy asoslanganlik va gumanitar ta’lim modellarini ishlab chiqishga qaratilgan pedagogik tadqiqotlarning aksiologik doirasi quyidagi falsafiy konsepsiyalar ta’siri ostida shakllantirilgan: ekzistensializm, falsafiy antropologiya, postmodernizm va boshqalar: inson yaxlitlik, aksiologik voqelik sifatida; insonning hayoti va salomatligi qadriyat sifatida; har bir alohida shaxsning ko‘p qirraligini tan olish; subyektivlik qadriyat sifatida; inson rivoji qadriyat sifatida; insondagi “individuallik”, “o‘ziga xoslikni” rivojlantirish qadriyat sifatida (noyob individual genetik kod, individual mazmunga ega, individual hayot mazmuni, ong va tushunchaning individual uslubi va boshqalar).