yozuvlarida, «Belga... mening xo’jalarim bo’lmish buyuk xudolarga chin qalbidan
qurbonlar qildim... va shu tufayli ular mening koxinlik qadr-qiymatimni sevib
qoldilar (ya’ni e’tirof etdilar — V. A.)» dedi.
Tiglatpalasar III shimoli-g’arbda Aman tog’larigacha yetib, so’ngra
sharq
tomondagi «qudratli midyanlar» o’lkasiga borib girgan va u yerda o’zining juda
katta, kuchli xarbiy davlatini barpo qilgan. Ichki ulqalarni yetarli miqdorda ish
kuchlari bilan ta’minlamq uchun podsho o’ziga tobe bo’lgan mamlakatlardan juda
ko’plab qullar xaydatib keltirgan. SHu bilan birga. osur podshosi o’z davlati qul
ostida yashovchi birqancha qabilalarni mamlakatning bir joyidan ikkinchi joyiga
qo’chirgan, bu tadbirdan maksad buysundirilgan xalqlarning qarshiligini
zaiflashtirish va ularni osur podshosi xokimiyatiga batamom tobe qilish bo’lgan.
Tobe qilingan qabilalarni bir joydan ikkinchi joyga ommaviy suratda kuchirish
tartibi (nasaxu) xuddi shu paytdan boshlab istilo qilingan mamlakatlarni
bo’ysundirish usullaridan biriga aylangan.
Tiglatpalasar III dan keyin uning o’gli Salmanasar V podsho bo’lgan. Salmanasar
podsholik qilgan besh yil mobaynida (eramizdan avvalgi 727—722 yillar) bir
qancha xarbiy yurishlar qilgan va muxim reforma o’tkazgan. Bobil, shu bilan birga
Osuriyaning g’arbiy tomonidagi Finikiya bilan Falastin Salmanasarning diqatini
ayniksa o’ziga jalb etgan. Osur podshosi Bobil bilan go’yo
avvaldan shaxsiy
ittifoqda bo’lib kelganligini kursatmoqchi bo’lib, Bobilda o’zining Ululay degan
maxsus nom bilan yuritgan. Finikiyadagi Tir shaxrining xokimi tayyorlayotgan
qo’zgolonni bostirish maqsadida Salmanasar Rarbdagi Tir shaxriga qarshi va uning
ittifokchisi bo’lgan Isroil podshosi Osiyaga qarshi ikki marta qo’shin tortib borgan.
Osur qo’shinlari isroilliklarni tor-mor keltirib, oroldagi Tir qal’asini va Isroil Dav-
latining poytaxti Samariyani qamal qilgan. Salmanasar o’tkazgan reforma ayniksa
katta ahamiyatga ega bo’lgan. Xaddan tashqari keskinlashib ketgan sinfiy
ziddiyatlarni bir qadar yumshatish maqsadida, Salmanasar V Osuriya bilan
Bobiliyaning Ashshur,_Nippur, Sippar ham Bobil
kabi qadimgi shaxarlariga
moliya-iqtisodiy soxada berilgan imtiyozlarni hamda soliqlar masalasidagi
yengilliklarni bekor qilgan. Bu bilan Salmanasar ayniqsa zo’r iqtisodiy ta’sirga ega
bo’lib kelgan quldor aristoqratlarga boy-savdogarlarga, koxinlarga va katta yer
egalariga kuchli zarba bergan. Salmanasarning axoli orasidagi bu tabaqaning
manfaatlarini juda cheklab qo’ygan reformasi bu tabaqaning podsho siyosatidan
qattiq noroziligini tug’dirgan. Natijada fitna uyushtirilgan. Salmanasar V taxtdan
tushirilib, urniga uning ukasi Sargon II o’tqazilgan.
Sargon II ning (eramizdan avvalgi" 722—705 yillar) nomi («qonuniy podsho»—
sharruken» deb nom olganligi) uzidan avvalgi podshoni ag’darib, xokimiyatni
zurliq yo’li bilan qulga olganligini ko’rsatadi, u Tiglatpalasar III ning istilochilik
siyosatini katta muvaffakiyat bilan davom etdirgan.
Osur podsholari va
qnyazlarining, aftidan, Misr yordamiga tayanib ko’targan qo’zgolonlarini
bostirmoq uchun, Sargon II Suriyaga yangidan qo’shin tortib borishga majbur
bo’lgan. Bu urush natijasida Sargon II Isroilni tor-mor keltirib, Samariyani ishg’ol
qilgan va isroilliklardan 25 ming kishini asir qilib olib ketgan va bu asirlarni
Osuriyaning
ichki o’lkalariga va mamlakatning uzoqdagi chegaralariga
joylashtirgan. Sargon II uzoq qamaldan keyin Tir shaxrini olib, Tir podshosini
uziga bo’ysundirgan va uni xiroj to’lashga majbur etgan. Nixoyat, Sargon Rafiya
yonida bo’lgan jangda Gaza qnyazi Gannonga hamda Misr fir’avnining Gavaga
yordamga yuborgan qo’shinlariga o’ngarilmas zarba bergan. Sargon II o’z
yilnomasida
xabar berishicha, u ―Gaza" podshosi Gannonni o’z qo’li bilan ush'lab
olgan» hamda «Misr podshosi» fir’avndan va Arabistondagi sabey qabilalarining
xotin podshosidan xiroj olgan. Sargon II Karxemishni batamom tobe qilgandan
so’ng, Suriyaning Kichik Osiyo chegaralaridan tortib to Arabiston va Misr
tuprog’igacha cho’zilib ketgan hamma yerlarini egallab olgan.
Sargon II o’z podsholigining 7 va 8-yillarida urartlar ustidan ham juda katta
g’alaba qozongan. Sargon Urartu mamlakatining ichkarisigacha kirib, Urartu
qo’shinlarlni tor-mor qilgan, Musasir shaxrini egallagan va talagan. Sargon bu boy
shaxardan juda katta ulja qo’lga tushirgash «Saroyda
bulgan butun xazinani, 20
170 kishini va ularning mol-mulkini, urartlarning xudolari bo’lmish Xalda bilan
Bagbartumni va ulardagi qimmatli zebu-ziynatlarii ulja qilib xisobdan o’tkazdim».
Urartu shu qadar kattiq tor-mor etilganki, Urartu podshosi Rusa Musasir shaxrining
xarob qilinganligini va xudolarning xaykallari dushman quliga tushganligini
eshitgandan so’ng, «uzini-uzi xanjar sanchib uldirgan».
Dostları ilə paylaş: