Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mav
Mavzuningo’rganilish darajasi. Oʼzbekistonimizning istiqboli birinchi talda xalqimizning yuksak maʼnaviyatiga, kishilarimizning yaratuvchilik mehnatiga bogʼlikdir. Bu esa mamlakatimiz birinchi prezidenti I. А.Karimov taʼkidlaganidek, "mustaqil dunyoqarashta ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs- komil insonni tarbiyalash"ni xar qachongidan ham muhimroq qilib qoʼymoqda. Bu oliy maqsad oʼtmish adabiy mero¬sini chuqur tahlil etib, maʼnaviyat ravnaqita safarbar etish vazifasini keltirib chiqaradi. Аyniqsa, istiqlol orzusi ila yashab, kurashib, ana shu muborak maqsad yoʼlida jon fido etgan allomalarning porloq xotirasi oldidagi qarzimiz ular faoliyat koʼrsatgan davr, jabhalarga teranroq nazar tashlashni, ular qoldirgan adabiy merosni oʼzining chin egalari - xalq mulkita ay- langirishni taqozo egadi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, moziyning nurli-nursiz jabhalariga chuqurroq nazar tashlash, oʼtmish voqeligini adolat tarozusida uning haqqoniy bahosini berish imkoniyatiga istiq- lolimiz sazovor qildi. Oʼtgan oʼn yillik fursat xalqimnzning uzoq asrlik tarixidagi «eng kir, eng qora» (Аbdulla Qodiriy) toʼshalargada nitoh tashlash, ularni haqqoniy baholash imkoniyatini yaratdi. Аyniqsa, XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi mustamlakachilik davri siyosati, istibdodning gʼayriinsoniy odatlariga qarshi chiqqan, bu siyosatta tik boqib, uning asl qiyofasini ochib tashlagan turuhlar, ayrim shaxslar faoliyatiga anchagina holis baho berishga muvaffaq boʼlinganligi buning yaqqol dalillaridan biridir. Bu mavzu doirasida turli-tuman qarashlar, fikrlar, xulosalar boʼlgani shubhasiz. Fikriy bahslar pirovardida tarix va tafakkurning biz tilga olgan davri- dagi eng faol oqim - jadidchilar harakati, bu oqimning maydonga kelish sabablari, siyosat va ijtimoiyot borasida olib borgan kurashlari, chor hukumati va mahalliy amaldorlar tomonidan ular faoliyatiga qattiq qarshilik koʼrsatilishi, tazyiq oʼtkazilishi, Shoʼro tuzumining dastlabki pallalaridayoq bu harakatta barham berilganligi borasida tadqiqotlar yaratildi, bu harakat namoyandalari xotirasi qayta tiklanib, eʼzoz va hurmatga moʼsharraf etildi. Munvvar qori Аbdurashidxonov, Mahmudxoʼja Behbudiy, Аbdulla Аvloniy, Аbdurauf Fitrat, Choʼlpon3 kabi allomalar ijodi va faoliyatiga chuqur kirib borildi. X.Ziyoev, N.Karimov, B.Qosimov, D.Аlimova, Sh.Rizaev, Sh.Turdiev, S.Аhmedov, X.Bolgaboev, А.Jalolov. D.Quronov kabi tarixshunos va adabiyotshunoslarimizning qimmatli tadqiqotlari maydonga keldi.N.Karimov3, B.Krsimov4, O.Sharafiddinov3, B.Nazarov6, A.Jalolov', D.Quronov8, U.Dolimov9, Sh.Rizaev10, R.Tojiboev" va boshqalarning istiklol yillarida yaratgan jadid adabiyoti haqidagi tadqiqotlarida, qaysidir mahnoda, Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniyma’rifiy-adabiy faoliyatiga dahldor fikrlarga ham duch kelish mumkin.