Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə14/35
tarix19.12.2023
ölçüsü134,23 Kb.
#186993
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mav

Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.

Xoʻjayli tumanidagi 1-bolalar uyi mudiri va oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi. 1925 yilda esa Fargʻonaning Avval qishlogʻiga oʻqituvchi qilib tayinlanadi va gʻoyat ogʻir sharoitda ishlaydi. Ayni vaqtda u xalqni yangi zamon qurilishi tomon chaqiruvchi ijodini davom ettiradi.Shoir 1928–1929 yillarda Shohimardonga borib oʻqituvchilik qiladi.Hamzaning tarbiyachilik faoliyatini uning shu mavzuda yozgan asarlari yanada toʻldiradi. Uning ilm va tarbiyaviy mavzuda yaratgan “Ilm ista”, “Maktab”, “Kitob”, “Oʻqi”, “Qalam”, “Hikoya”, “Toʻgʻrisoʻz bola”, “Hikoyat”, “Toshbaqa va Chayon”, “Bolaning yomon boʻlmogʻiga sabab boʻlgan onaning jazosi” kabi sheʼrlari xarakterlidir. Bu asarlar shoirning 1914 yilgacha boʻlgan ijodidan namuna sifatida tahsinga loyiqdir.Hamza xalqni oʻqitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi, maktablar uchun darslik va qoʻllanmalar yozishni oʻziga maqsad qilib oladi. Hamza yozgan darsliklar uning oʻsha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar adabiyotini tushunishi haqida koʻpgina maʼlumot beradi. Bu gʻoya “Yengil adabiyot”da oʻz aksini topgan.Muallim-olimning bu kitobidan munosib oʻrin olgan “Maktab xususinda” asari alohida ajralib turadi. U bu sheʼrda maktabni millatning quyoshiga, guli va bogʻiga oʻxshatib taʼriflaydi:


“Birinchi sinf bolasining soʻzi” sheʼrida shoir oʻsha quyoshga, nurga, gulga, baxtga intilgan oʻquvchining yozuv va chizuvini oʻrganib olib baxtga erishayotganligini uning nomidan quyidagi misralarda bayon qiladi:
Mening oʻqub, yozganim,
Oltin, kumush qazganim,
Tilak sari uchuvga
Goʻyo qanot yozganim.
Hamza xuddi shu darslikdan oʻrin olgan “Toʻgʻri soʻzla” sheʼrida har qanday holatda ham, hatto boshingga qilich kelganda ham toʻgʻri soʻz boʻl, deb oʻz oʻquvchisini, yosh kitobxonni toʻgʻrisoʻz boʻlishga undaydi:
Hamzaning “Yengil adabiyot”ga kiritgan sheʼrlaridagi bosh qahramonlarning belgili xususiyatlaridan biri – toʻgʻrisoʻzlik. Shoir bolalarni toʻgʻri va rostgoʻy boʻlishga, zararli va foydasiz ishlardan qochib, ijobiy ishlar bilan shugʻullanishga, kishilarning yaxshi sifatlaridan ibrat olishga chaqirgan. “Toʻgʻrisoʻz bola” sheʼrida bu fikr yanada jonli chiqqanini koʻramiz. Hamza bu sheʼrida barcha narsa pul va boylik bilan oʻlchangan jamiyatda hamma narsadan koʻra haqiqatni ustun qoʻygan ijobiy qahramon bola obrazini yaratadi.Bir bola oʻqishdan qaytayotganida ikki kishi uning oldini toʻsib, biri dedi: “Tanga berurman senga, soʻzla birozgina yolgʻon menga”. Shunda bola unga juda donolik bilan javob beradi:
Soʻzlang, ako, qomatingizga qarab,
Bu soʻzingiz aslida yolgʻon erur,
Tangaga yolgʻonni kim olgan erur,
Sizda koʻp ekan oʻzi yolgʻon, ako,
Siz oni avval sotib aylang ado.
Hamza bu sheʼrida bolalami yoshligidanoq rostgoʻylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi, ularni yolgʻonchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi. Shu kitobda “Qimorning boshi” degan bir sheʼr bor. Unda shoir Hoshimjon degan bolaning ayanchli qismatidan toʻgʻri xulosa chiqarishga chaqiradi. Hoshimjonning “Toʻptosh”, “Juftmi-toq” degan oʻyinlarni oʻynashdan asta-sekin qimor oʻynashga oʻrganganini, bora-bora qimorga mukkasidan ketib, oxiri boryoʻgʻini qimorga boy berganini, nihoyat uning goʻloxlikka tushib, xorlikda oʻlib ketganini ifoda etadi. “Oʻqish kitobi” Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda toʻqqizta dars boʻlib, ularning har biri axloqiy masalaga bagʻishlangan. Barcha hikoyalarning qahramoni ijobiy fazilatlarni oʻzida mujassamlantirgan maktab oʻquvchisidir. “Bir aqlli maktab bolasining oʻz-oʻzicha domlasining qilgan tarbiyalari yodiga tushib, fikrlanib, degan soʻzlari” sarlavhali ikkinchi darsda bolaning nutq-taʼrifi vositasida ustoz obrazi chiziladi. Hamza oʻzi orzu qilgan oʻqituvchini bola tilidan bunday taʼriflaydi:
Oʻylasak, bizni erurlar chin otamiz shul kishi,
Chunki bizga bilmaganni bildirur ustodimiz…
Ota birlan onamizdan yaxshiroq shafqat qilib,
Bizdagi har kamchilikni koʻrsatur ustodimiz…
Asta-asta bizda boʻlgan har yomon, shum feʼlni,
Har kuni aylab nasihat, yoʻqotur ustodimiz.
Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga Hamza alohida ahamiyat beradi. Odamlarga mehr-u muhabbat qoʻyish, kishilarning qadr-qimmatiga yetish, ularni hurmat qilib, izzatikrom bilan muomala qilish yoshlardagi insonparvarlikning asosidir. Yoshlarni bunday ruhda tarbiyalash, dastavval, bolalarning eng yaqin kishilariga, ayniqsa, ota-onasiga nisbatan muhabbat tuygʻularini rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shoir ota-onani hurmat qilishni bolaning eng yuksak insoniy fazilatlaridan biri deb hisoblaydi. “Ul aqllik otasini ham qilgan tarbiya va shafqatlarini yod etib degan soʻzi” sarlavhali uchinchi va “Ul aqllik bolaning mushfiqa enasi uchinda qilgan tashakkurlari” nomli toʻrtinchi darslarida ota-onalar qiyofasi chiziladi.
Hamza kitobda otaning lirik obrazini chizarkan, uning amri xalq amridan ham kuchli, deb taʼriflaydi. Onani esa “otamizdan ham muqaddas onamiz” tarzida ulugʻlaydi. Ayni chogʻda, otaonaning bola tarbiyasi uchun masʼul ekanligi taʼkidlanadi. “Oʻqish kitobi”dagi bir necha sheʼrlar oʻqish, ilm olish, maktab hamda kitobning taʼrifiga bagʻishlanadi. Jumladan, “Oʻqi” sheʼrida shoir oʻqish natijasida kambagʻal-bechoralarning asoratdan qutulib, madaniyat va sanʼatdan bahramand boʻlishi turgan gap deb uqtiradi. Oʻqishning qadrini muallif oʻqituvchi-ustozlar tilidan shunday taʼriflaydi:
Gar dilingda oʻylagan orzuga yetmoq istasang,
Qimmat umring qilmagʻil behudaga bekor, oʻqi!..
Ey oʻgʻil! Dunyoda boʻlmoq istasang oliyjanob,
Oʻqigʻil maktab kelib, zinhor oʻqi, mingbor oʻqi!

tarbiyalash, dastavval, bolalarning eng yaqin kishilariga, ayniqsa, ota-onasiga nisbatan muhabbat tuygʻularini rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shoir ota-onani hurmat qilishni bolaning eng yuksak insoniy fazilatlaridan biri deb hisoblaydi. “Ul aqllik otasini ham qilgan tarbiya va shafqatlarini yod etib degan soʻzi” sarlavhali uchinchi va “Ul aqllik bolaning mushfiqa enasi uchinda qilgan tashakkurlari” nomli toʻrtinchi darslarida ota-onalar qiyofasi chiziladi. Hamza kitobda otaning lirik obrazini chizarkan, uning amri xalq amridan ham kuchli, deb taʼriflaydi. Onani esa “otamizdan ham muqaddas onamiz” tarzida ulugʻlaydi. Ayni chogʻda, otaonaning bola tarbiyasi uchun masʼul ekanligi taʼkidlanadi. “Oʻqish kitobi”dagi bir necha sheʼrlar oʻqish, ilm olish, maktab hamda kitobning taʼrifiga bagʻishlanadi. Jumladan, “Oʻqi” sheʼrida shoir oʻqish natijasida kambagʻal-bechoralarning asoratdan qutulib, madaniyat va sanʼatdan bahramand boʻlishi turgan gap deb uqtiradi. Oʻqishning qadrini muallif oʻqituvchi-ustozlar tilidan shunday taʼriflaydi. U “Maktab” sheʼrida “Oʻqub ilm-u adab boʻlgay garang hushyor maktabdin” deb “Insonni inson qatoriga qoʻshish”, insonni kamolotga yetkazish va uni oliyjanob, fazilatli kishi qilib yetishtirishda maktabning roli katta ekanligini koʻrsatadi. Shoir maktab tarbiyasining ahamiyatini yuksak baholaydi, uni sirlarning xazinasi, odamni odam qiladigan joy deb koʻrsatadi. Hamza bolalarni ilmli, odobli hamda hunarli qilishda kitobning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini “Kitob” sheʼrida sodda, obrazli, mazmundor misralarda tasvirlab berdi. U oʻz sheʼrida “Kitob bilim manbayi”, “Koʻzning nuri, dil huzuri, dillarning darmoni!…”, “Har balodan asraguvchi eng muhim qimmat yarogʻ “kabi sifat va taʼriflar bilan kitobni yuksakka koʻtaradi. Shu bilan birga, har bir kishi koʻnglidagi orzusiga yetishi uchun “Ilm manbayi boʻlgan kitob”ni sevishi, savodli boʻlishi lozimligini uqtiradi.Mumtoz adabiyotimizda qalam haqida juda koʻp falsafiy sheʼrlar yozilgan. Hamzaning “Qalam” deb nomlangan sheʼri ham ana shunday asarlardan hisoblanadi. Shoir qalamni maʼrifat ramzi sifatida “Qoradir garchi izi nuri haqiqatdir oʻzi” deya qadrlaydi. Hamza “Ilm ista” sheʼrida yoshlarga murojaat qilib kishining koʻzlagan murod-maqsadlariga erishishida ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga, dunyo sirlarini oʻrganishga daʼvat qiladi. U ilmli kishi bilan ilmsiz kishini birbiriga solishtirib, ilmli kishini porloq oftobga, ilmsiz kishini qorongʻi kechaga oʻxshatadi. Shuning uchun ham Hamza ilmfanning mohiyatini tushuntiradi va yoshlarni ilm oʻrganishga undaydi.Shoir ilm-fanning kuch-qudratini, kishilar ongini oʻstirishdagi bagʻoyat katta rolini bolalarga sodda va ravon misralarda ifoda qiladi.

Shoir “Hikoya” asarida bolalarni yolgʻon gapirmaslikka, rostgoʻy boʻlishga chaqiradi. Bu gʻoya xolasining pulini oʻgʻirlagan oiladagi katta oʻgʻilning siri fosh etilishi vositasida ifodalanadi. Shoir sharmanda boʻlgan bola haqida gapirib, qissadan hissa chiqaradi. “Oʻqish kitobi”dagi asarlarning koʻpchiligida oʻz zamonasi uchun gʻoyat ilgʻor fikrlar olgʻa suriladi. Ayniqsa, undagi maktab, kitob, qalam, ilm, oʻqituvchi, bola tarbiyasida ota-onaning roli haqidagi sheʼrlar, “Toshbaqa bilan Chayon” kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga manzur boʻlgan va maʼrifiyestetik tarbiya beradigan asarlar sirasidandir. Ana shu gʻoyaviy va badiiy yuksak, oʻquvchilarga manzur boʻlgan asarlar “Oʻqish kitobi”ni oʻzbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash uchun asos boʻladi.
Hamza 1925-yilda “Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi” darsligini yozdi. Bu kitob gʻoyaviy mavzusi jihatidan Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yoʻl bilan yozilgan. Undagi birinchi asar – “Ilm”da maʼrifatlilik, ilmli boʻlish shunday sharhlanadi: “Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda eng avval zarur va lozim boʻlgan narsa ilmlik oʻlmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson demak ayni xatodir… “
Kitobdagi barcha darslar ana shunday tafsilot bilan boshlanadi, soʻng bir bayt sheʼr keltiriladi:
Ilmsiz har kishi uchsa havoga,
Koʻngil berma aningdek xudnamoga.
Hamza ilm haqidagi hikoyalaridan keyingilarini axloq, odob masalalariga bagʻishlaydi. Xususan, muallif darslikda bola tarbiyasida ota-onaning beqiyos rolini yuqori baholaydi. Hamza bu asarida xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalangan. Asarning badiiy shaklini belgilashda bolalar adabiyotining talablari toʻla koʻzda tutilgan, fikr sodda, ixcham. Ayni vaqtda
H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65


Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin