Hamza darsliklarida axloqiy tarbiya mavzusi. Hamza yetim va kambag’al bolalar uchun «Doril yetim”(“Yetimlar maktabi”) ni ochadi va o`qituvchilik qiladi. Hamza birinchi sinf o`quvchilari uchun «Yengil adabiyot”, 2-sinf uchun “Axloq hikoyalari” o`qish kitoblarini tuzadi. 1919-yil boshlarida Hamza Qo`qondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, o`zi o`qituvchilik qiladi.1922-1924-yillarda shoir Qoraqalpog’istonning Xujayli tumanidagi 1-bolalar uyi mudiri va o`qituvchisi bo`lib ishlaydi. 1925-yilda esa u Farg’onaning Avval qishlog’ida o`qituvchi qilib tayinlanadi va g’oyat og’ir sharoitda ishlaydi. Shoir 1928-1929-yillarda Shohimardonga borib o`qituvchilik qiladi. Hamza xalqni o`qitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi.Maktablar uchun darslik vaqo`llanmalar yozishni o`ziga maqsad qilib lgan bolalarning chin do`sti Hamza bu yo`lda ancha ishlarni amalga oshiradi.Hamza yozgan darsliklar uning o`sha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar adabiyotini tushunishi haqida ko`pgina ma‘lumot beradi. Bu g’oya “Yengil adabiyot”da o`z aksini topgan.
“To`g’ri so`zla” she‘rida har qanday holatda ham to`g’ri so`z bo`l, deb o`z o`quvchisini, yosh kitobxonni to`g’ri so`z bo`lisha undaydi.
Hamzaning “Yengil adabiyot”ga kiritgan she‘rlaridagi bosh qahramonlarning belgili xususiyatlaridan biri – to`g’ri so`zlik. Shoir bolalarni to`g’ri va rostgo`y bo`lishga, zararli va foydasiz ishlardan qochib ijobiy ishlar bilan shug’ullanishga, kishilarning yaxshi sifatlaridan ibrat olishga chaqiradi.”To`g’ri so`z bola”da bu fikr yanada jonli chiqqanini ko`ramiz. Hamza bu she‘rida barcha narsa pul va boylik bilan o`lchangan jamiyatda hamma narsadan ko`ra haqiqatni ustun qo`ygan ijobiy qahramon-bola obrazini yaratadi. Bir bola o`qishdan qaytayotganida ikki kishi uning oldini to`sib, biri dedi: «Tanga berurman senga, so`zla bir ozgina yolg’on manga”. Shunda bola unga juda donolik bilan javob beradi.
Hamza bu she‘rida bolalarni yoshligidanoq rostgo`ylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi,ularni yolg’onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi. Shu kitobda «Qimorning boshi” degan bir she‘r bor. Bu asarda Hoshimjon degan bolaning ayanchli qismatidan to`g’ri xulosa chiqariga chaqiradi. Hoshimning “To`ptosh”, “Juftmi-toq” degan o`yinlarni o`ynashdan asta-sekin qimor o`ynashga o`rganganini, bora-bora qimorga mukkasidan ketib, oxirida bor-yo`g’ini qimorga boy berganini, nihoyat uning go`lohlikka tushib, xorlikda o`lib ketganini ifoa etadi.
“O`qish kitobi” Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda to`qqizta dars bo`lib, ularning har biri axloqiy masalaga bag’ishlangan. Shuningdek,bir necha she‘rlar o`qi, ilm, maktab hamda kitbning ta‘rifiga bag’ishlangan. “Ilm ista” she‘rida yoshlarga murojaat qilib kishining ko`zlagan murod-maqsadlariga erishishida ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga , dunyo sirlarini o`rganishga da‘vat qiladi. U ilmli kishi bilan ilmsiz kishini bir-biriga solishtirib ilmli kishini porloq oftobga, ilmsiz kishini qorong’u kechaga uxshatadi:
...Har murodu maqsadingga yetmoq istarsan murod,
Ko`z ochib bedor bo`l:darkor ilm,darkor ilm!
Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan Nihon,
Ilm ista,ilm ista,istag’il zinhor ilm!
Hamza 1925-yilda “Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi” darsligini yozdi. Bu kitob g’oyaviy mavzui jihatidan A.Navoiyning “Hayratul-abror” asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yo`l bilan yozilgan. Undagi birinchi asar – “Ilm” da ma‘rifatlilik, ilmli bo`lish shunday sharhlanadi: “Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda eng avval zarur va lozim bo`lgan narsa olamda ilmlik o`lmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson demak ayni xatdir...”. Kitobdagi barcha darslar anna shunday tafsilot bilan boshlanadi,
-------------------------------------
H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65
Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.
Shoir “Milliy ashulalar”, “Oq gul”, “Qizil gul”, “Yashil gul” va boshqa to`plamlaridagi qo`shiqlari bilan xalq ommasini madaniyatli bo`lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi.
Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o`qitish,ma‘rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o`zining butun iqtidorini, umrini bag’ishladi.
O’z hayotiy, ijodini mеhnatkash xalq manfaatlariga bag’ishlashga qaror qilgan. Hamza bir nеcha vaqt chеt ellarda safarda bo’ladi. U qaеrda bo’lmasin maktab ochish, yosh avlodni o’qitish, tarbiyalash haqida o’ylaydi. Bu davrda bolalr uchun o’z ona tillarida zamonaviy darslik va qullanmalar yo’q edi. Hamza shu yillari birinchi sinf uchun «Еngil adabiyot» va ikkinchi sinf uchun «O’qish kitobi» darsliklarini yozadi.
«O’qish kitobi»dan munosib o’rin olgan «O’qi», «Maktab», «Kalam» singari klassik shе'rlar bugungi darslik va qo’llanmalardan ham munosib o’rin olib kеlmoqda. «Hikoya», «Toshbaqa va chayon», «Bolaning yomon bo’lmog’iga sabab bo’lgan onaningjazosi» shе'rlari esa bugungi bolalarni rostgo’y, chin do’st, pok insonlar bo’lib kamol topishiga da'vat etadi.
Bolalarni ilmli, odobli hamda hunarli qilishda kitobning ahmiyati nihoyatda katta ekanligini Hamza «Kitob» shе'rida sodda, obrazli, mazmundor misralarda tasvirlab bеradi. U o’z shе'rida «Kitob bilim manbai», «Ko’zning nuri, dil huzuri, dillarning darmoni!», «Har balodan asraguvchi eng muhim qimmat yarog’», kabi sifat va ta'riflarda kitobning mohiyatini bolalar saviyasiga mos misralarda ochadi. Shu bilan birga har bir kishi ko’nglidagi orzuga еtishi uchun «Ilm manbai bo’lgan kitob»ni
sеvishi, savodli bo’lishi lozimligini uqtiradi.
Har ko’ngilning orzusi shul erur obihayot,
Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob..
Ko’zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidur,
Har qorog’u dilga go’yo mohitobondir kitob..
Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g’ayrat agar,
Tеz zamonda oshno bo’lmog’i osondir kitob.
Mumtoz adabiyotimizda davot-qalam haqida juda ko’p falsafiy-lirik shе'rlar yozilgan. Hamzaning. «Kalam» dеb nomlangan shе'ri ham ana shunday asarlardan hisoblanadi. Shoir qalamni ma'rifat ramzi sifatida «Koradir garchi izi nuri haqiqatdir o’zi» dеya qadrlaydi.
Hamza «Ilm ista» shе'rida yoshlarga murojat qilib kishining ko’zlagan murod-maqsadlariga erishishda ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga, dunyo sirlarini o’rganishga da'vat qiladi. U ilmli kishi bilan ilmsiz kishini bir-biriga solishtirib ilmli kishini porloq oftobga, ilmsiz kishini qorong’u kеchaga o’xshatadi. Shuning uchun ham Hamza ilm-fanning mohiyatini tushuntiradi va yoshlarni ilm o’rganishga undaydi.
...Har murodu maqsadingga istarsan murod,
ko’z ochib bеdor bo’l, darkor ilm, darkor ilm!
Ul haqiqat oynig’a sayqal istarsan, Nihon,
Ilm ista, ilm ista, istag’il zinhor ilm!
boshlandi. U dastlab Qoʻqon shahrining Hojibek guzarida kambagʻallarning farzandlari va yetim-yesir bolalar uchun maktab ochdi.
Hamza mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini oʻqitish va tarbiyalash maqsadida, ularni moddiy jihatdan taʼminlashni nazarda tutib “Yordam jamiyati” tashkil qildi. Shu jamiyat orqali u oʻquvchilarni oʻquv qurollari, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlab turdi. 1914 yilda jahon urushining boshlanishi Turkiston boshiga tushgan balo boʻladi. Urush taʼsirida mehnatkash xalq yanada qashshoqlashadi, bolalar nihoyatda ayanchli ahvolda qoladilar. Bu hol Hamzaga taʼsir qiladi. Shoir ularning ogʻir ahvolini ifodalovchi sheʼr va maqolalari bilan matbuotda muntazam ravishda qatnashib turadi. Shunday sharoitda Hamza “bir iloj qilib kambagʻal bolalarni aqchasiz…tarbiya va oʻquvga boshlarini band qilmoq” choralarini izlaydi, sheʼr va maqolalarida bolalarni oʻqishga chaqiradi. Bu gʻoyani Hamza “Oʻqi” sheʼrida bayon etadi. Oʻsha yili u yetim va kambagʻal bolalar uchun “Doril yetim” (Yetimlar maktabi)ni ochadi va oʻzi oʻqituvchilik qiladi. Hamza birinchi sinf oʻquvchilari uchun “Yengil adabiyot”, 2sinf uchun “Axloq hikoyalari” oʻqish kitoblarini tuzadi. Hamza 1915 yilda Margʻilonga borib, kambagʻal bolalari uchun maktab ochadi. 1918 yilda Fargʻonaga borib oʻqituvchilikni davom ettiradi va u yerda yosh sanʼatkor-ixlosmandlarni toʻplab, “Sayyor dram truppa” tashkil qiladi. 1919 yilning boshlarida Hamza Qoʻqondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, oʻzi oʻqituvchilik qiladi. 1922–1924 yillarda shoir Qoraqalpogʻistonning
H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65
Dostları ilə paylaş: |