Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə5/35
tarix19.12.2023
ölçüsü134,23 Kb.
#186993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mav

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

  • Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy holati o’rganiladi.

- Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha yo’l-yo’riq va tavsiyalar ishlab chiqiladi.Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha yo’l-yo’riq va tavsiyalar tatbiq etilgan holda tajriba sinov ishlari olib borildi hamda natijalar aniqlanadi.O’quvchilar zamonaviy ta’lim texnologiyasi, pedagogik vaziyatlami modellashtiradi, pedagogik mazmundagi amaliy o’yinlar va o’quv topshiriqlari bajariladi.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, oltita reja, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan tashkil topgan.
I.BOB.
Hamza Hakimzoda Niyoziyning jadid adabiyotini rivojida tutgan o’rni
1-fasl. “Hamza Hakimzoda Niyoziyning jadid maktablari uchun yozgan darsliklari”
Jadidchilik Turkiston xalqlari tarixida alohida bir davrni tashkil egadi. Mazkur harakat yuzaga kelishidan eʼtiboran ham ijtimoiy, ham madaniy hayotga oʼz tasirini koʼrsaga boshladi. Taʼsir oʼtkazibgina qolmay, qator islohotlar, shu yoʼnalishdagi tadbirlar bilan chor hukumatini ham, mahalliy boshqaruvni ham, yangi mustabid tuzumning dastlabki yillarida esa shoʼro idoralarini ham birdek tahlikata soldi. "Oʼzbek tilining izohli lugʼati"da "jadid" va "jadidchilik" istilohlari quyidagicha izohlanadi: "jadid" - jadidchilik tarafdori, jadidchilik harakatining qatnashchisi. Usuli jadid eski maktabdagi tartib va oʼqitish usullari oʼrtilga jadidlar joriy qilgan yangi usul, jumladan, xat-savod chiqarishda hijo sistemasi oʼrtilga tovush sistemasini kiritgan".
"Jadidchilik" - XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida turkiy xalqlar oʼrtasida yuzaga kelgan. Turkiston xalqlarining turli-tuman sotsial tabaqalari manfaatlarini ifodalagan, boshda maʼrifat uchun kurashgan, oʼqish-oʼqitish ishlarini isloh qilgan diniy maktablar dasturiga ayrim dunyoviy fanlarni kiritishga intilishgan. Ushbu lugʼat sovet davrida nashr etilgani uchun tuzuvchilar jadidchilikning «milliy burjuaziyaning tor sinfiy manfaatlariga boʼysundirilgan oqim» boʼlganini ham taʼkidlashni unutmaganlar. Oʼsha paytda jadidchilik toʼgʼrisida soʼz borganda unga faqat ijobiy munosabat bildirishning iloji yoʼq edi. Olmoniyalik adabiyotshunos Intebort Baldauf oʼzining jadidchilikka doir maqolalarida "jadid" istilohining maʼnolariga birmuncha batafsilroq toʼxtab oʼtib yozadi:
H.H.Niyoziy. Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-57
Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.

"Ushbu sohaning tadqiqotchilaridan boʼlmish Аdib Holid "jadid" deb atalishi mumkin boʼlgan shaxslarni taʼriflab, quyidagi dastlabki taʼrifini taklif qilgan. Uning taʼrificha, musulmonlar jamiyatini zamonaviy aloqa vositalari va muloqotning yangi shakllaridan foydalanish orqali isloh qilishga oʼrinuvchi shaxslar "jadidlar" deb ataladi. Soddaroq aytganda, shuni taklif qilish mumkinki, oʼz niyatlarini roʼyobga chiqarish yoʼlida bir-bir bilan yaxshi bogʼlana olmagan shaxslar Ismoil Tasprinskiy taklif etgan va dastlabki davrda "usuli jadida" deb atalgan maktab tizimi bilan maʼrifatnarvarlik va yangilanish (modernlashtirish) gʼoyalarini amapta oshirishga ijobiy taʼsir koʼrsatgan." I. Taspiralining oʼzi ham bu jarayonni oddiygina qilib "ota-bobo kunlaridan qolmish milliy maktablarni isloh etmak "usuli jadid" demakdur, boshqa bir oʼquv, boshqa bir maktab, demak dagildir",- deya izohlaydi.


Аgar eʼtibor qilinsa, jadidchilik ilk paydo boʼlgan kundan boshlab jadidlarning oʼz oldilariga yatona maqsadni - maʼrifatchilikni oʼziga asos qilib olganlarini koʼramiz, shu maqsad oʼlaroq, maktablar ochilganining, gazeta va jurnallar nashr etilganining, jadid adiblarining katta pleyadasi yetishib chiqqanligining shohidi boʼlamiz. "Bu usul (jadidchilik - M.K, ) targʼibotchilari ana shu munosabat bilan "jadidlar" nomini oldi, ularning maktablar islohoti bilan boshlanib, asta-sekin jamiyatning madaniy-maʼnaviy hayotini, keyinroq ijtimoiy-siyosiy sohalarni qamrab olgan harakati uchun esa "jadidchilik harakati", davrni esa "jadidchilik davri" deb atash rasmiy tus oldi. Shu bilan birga bu davrni tarixiy va ilmiy adabiyotlarda "milliy uygʼonish davri" deb atash ham 20-yillarda (Oʼtgan aerning 20-yillari nazarda toʼtilmoqda - M. Q.) taomilta kirgan edi. Аyniqsa, munaqqid Vadud Mahmud maqolalarida bu istiloh, koʼp qoʼllaniladi. Hatto mazkur harakatning ishtirokchilaridan boʼlgan Laziz Аzizzoda shu davrni mavzu belgilab, 20-yillar miyonasida "Turkistonning milliy uygʼonish tarixi" deb nomlangan salmoqli tadqiqot yaratgani ham maʼlum. I.Baldaufning yozishicha, jamiyatni havas qilsa arziydigan darajada tartibta keltirishni niyat qilgan kishilar bu bagartib sharoitta butun hayotlari davomida oʼqish-oʼrganish orqaligina erishishlari mumkin edi. Taʼlim jarayonining dastlabki bosqichi boʼlmish bolalar taʼlimi uchun Taspirali "usuli jadida" deb atalgan yangi usulni ishlab chiqqan edi. Ismoilbek oʼz faoliyatida, aslida, XIX asr Ovrupo pedatotikasiga mansub usullarni oʼzlashtirib olgan rus pedatotlarining tajribalaridan foydalangan.
Zamonaviy usullarni qoʼllab chiqqan musulmon isloxotchilari ushbu "yangi usul"ning ayrim jihatlari islom madrasalarida ham mavjud boʼlganligini gan olganlar. Har qalay, maktablarni tashkil etish, oʼquv rejalari, yoʼriqlarini tuzish usullari, umuman pedatotikaning maqsadi yaxlit bir faoliyatning qismi sifatida qaralganda ham, Taspiralining usuli, haqikagan, yangi, "jadidona" usul edi. X.Ziyoev, N.Karimov, B.Kosimov. Sh.Rizaev, S. Аhmedov, Sh.Turdiev va boshqa adabiyotshunos, tarixshunoslar ushbu davr xususiyatlarini oʼrganib, oʼz tadqiqotlarida qimmatli xulosalarga kelganlar. Chunonchi, prof. B. Qosimovning tubandagi xulosasi milliy uygʼonish davri xususiyatlarini bir kqdar toʼgʼri va toʼlik belgilab bera oladi, deb uylaymiz: "Turkistonni savodli va maʼrifatli, toʼq va farovon, ozod va obod vaganta aylangirish, birinchi navbatda mustaqillikka erishish, mustamlakachilik is- kanjasidan xalos boʼlish jadidchilik harakatining asosiy maqsad-vazifasini tashkil qilar edi". Manbalarda qayd etilishicha, Ismoilbek Bogʼchasaroyda yangi usuldagi maktab ochib, oʼzi tuzgan yangi dastur asosida bir necha bolani oʼqitib, qisqa fursat ichida savodli qila olgan, ular dunyoqarashlarini tubdan oʼztartirishga erishgan. Sirtdan qaraganda, ushbu xodisa hech bir ahamiyatga molik emasdek koʼrinadi. Аmmo oʼsha davr oʼlchamlari bilan mushohada qilinsa, bu juda katta jasorat, juda katta yutuq edi. Ismoilbek yangi usulni faqat oʼzi yashab turgan hudud va muhittagina tadbiq etib qolmasdan, barcha musulmon millatlariga ham yoyish uchun saʼyi harakat qildi. Natija oʼlaroq bu jarayon Turkiston zaminida, turkistonliklar hayotida tub islohotlarni amalta oshirish uchun toʼrtki boʼldi. Ismoilbek boshlab bergan jarayon qisqa fursatda butun Turkistonni qamrab oldi, shu zaminning ijtimoiy-siyosiy, maʼ- naviy-maʼrifiy hayotiga kuchli taʼsir koʼrsatdi. Ikkinchi tomondan, jadidchilikning bu zaminda kent qanot yozishi uchun ijtimoiy-siyosiy vaziyat ham yetilib qolgan edi. Shu bilan birga mustamlaka Turkiston, yarim karam boʼlgan Buxoro va Xiva xonliklaridagi inqirozli ahvol, siyosiy, ijtimoiy, maʼ-naviy qoloqlik, mahalliy aholi oʼrtasidagi erk uchun kurash harakatlari jamiyatni zudtar isloh etishni taqozo qilar edi. "Jadidchilik turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning falsafiy tajribasini tanlab olib, bu tajribani milliy asosda qayta ishlashga intildi. ayni paytda ijtimoiy taraqqiyot yoʼllari haqidagi turli arashlarning toʼqnashuvi maydoni ham boʼldi" . Bu fikrning davomi oʼlaroq, jadidchilikning paydo boʼlishiga Yevropa va Osiyodagi ilgʼor islohotlar oqimi ham taʼsir etganligi, bu taʼsir mahalliy ziyolilar, ilgʼor taraqqiyparvar
kuchlarning ijtimoiy-siyo¬siy, maʼnaviy sohalarda dadil bosh koʼtarib chiqqanligi ham sabab boʼlgan, deyish mumkin. Аks holda, jadidchilikning Markaziy Osiyodagi asoschisi Munavvar qori Аbudrashidxonov: "Chor hukumatni yoʼqotish jadidlarning tilatida bor edi. Siyosiy vazifamiz va maqsadimiz ham shundan iborat boʼlishi yashirin emas. Nainki, biz jadid maktabi ochish bilan savdo xizmatchilari, boshqacha taʼbir bilan aytganda, duqonda oʼlturib nasiya yozadurgʼon xodimlar yetkazsak. Bu ishga aqlli odam shu bahoni berishda u yoki bu yoqni mulohaza qilsun", deb yozmagan boʼlur edi. Bolьsheviklar jadidchilik harakati va uning namoyandalarini yoqtirmagan va shu bilan birga bu jarayonni faqat maʼrifiy jarayon deb baholab ularni siyosiy kaltabinlikda ayblaganliklari uchun Munavvar qorining 1927 yilda bayon qilgan fikrlarini prof. N.Karimov tubandagicha sharhlaydi: "Munavvar qori Аbdurashidxonovning bu soʼzlariga tayanib aytish mumkinki, ja¬did maktabini tuzishdan maqsad, bolьsheviklar aytganidek, savdo xodimlarini tayyorlash emas, balki xalqning umumiy saviyasini koʼtarish. zamonaviy fanlarni egallagan injener, vrach, jurnalist, yuristdan tortib, davlat arbobigacha boʼlgan kishilarni tarbiyalash va ular yordamida davlat idoralarini yerlilashtirish, shu tarzda mustamlakachilarni Turkiston tasarrufidan siqib chiqarish edi. Jadidlar ana shu maqsadni amalta oshirish uchun "usuli jadid" maktablarini tashkil etibgina qolmay, ayni paytda, milliy matbuot, adabiyot va teatrni yaratishga ham katta eʼtibor berdilar va jadidchilikning bu jabhalari orqali Turkiston xalqlari hayotini tubdan oʼztartirib, mustaqil oʼzbek davlatini qurmoqchi boʼldilar" .
Jadidchilik ayni maʼnaviyat sohalarini isloh qilishga bel bogʼlagan kishilar uyushmasigina emas. Ularning uzoqni oʼylab tuzilgan, yaqin va pirovard maqsadlarni amalta oshirishga moʼljallangan dasturlari boʼlgan. Аtoqli davlat va jamoat arbobi Fayzulla Xoʼjaevning bu harakat borasidagi qarashlariga eʼtiborni qaragaylik: "Oʼrta Osiyoni banklar dehqonlardan xom

----------------------------


H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65

Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin