Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
Yo‘lga tushgan qo‘shindagi askarlarning son-sanog‘i yo‘q edi.
Ularning otlari ming farsangdan ortiq yo‘l bossayam hali toliqmagan
va shamoldek uchqur, qilichlari olmosday o‘tkir, yuraklariga qo‘rquv
tushmagan edi. Qo‘shin shunday shiddat bilan borardiki, xuddi
saraton mahali qamishzorga tushgan o‘tdek to‘xtovsiz edi.
Boshlaridagi simobiy dubulg‘alar kun tig‘ida yalt-yult tovlanar ekan,
o‘sha zamonda yashagan muarrix ta’riflagandek, “qo‘shin kejim, zirh
va javshanlar ko‘pligidan bamisoli temir tog‘i kabi edi, go‘yo temir
tog‘i erib, daryo bo‘lib oqub borar, bu qoim yuz ming koinotni yutib
yuboradigan ulkan nahangdek jilvagar edi”.
Bu qo‘shin o‘tgan yo‘llar changi haftalar davomida bosilmasdek, bu
temir oqim to‘xtab hordiq olgan yam-yashil o‘langlar go‘yo qayta o‘t
unmasdek taassurot qoldirardi. Go‘yo o‘t unishi uchun yomg‘ir oylar
davomida otlar tuyog‘idan ezilib o‘lgan tuproqni yumshatishi, quyosh
yillar mobaynida bu taqir maydonlarga o‘z mehrini tinmay sochmog‘i
kerak edi. Olis tog‘lar qoyalari ustida poda o‘tlatib yurgan afg‘on
cho‘ponlari biyobon o‘rtasida to‘satdan paydo bo‘lgan simobrang
daryoni ko‘rib, Alloh taoloning irodasidan hayratlanib, tasannolar
aytishardi.
Mana shu ulkan qo‘shin to‘xtab Sind daryosi sohilida hordiq
olayotgan paytda Amir Temurga kuni-kecha zabt etilgan qal’adan
chopar kelganini aytdilar. “Kirsin!” – dedi Sohibqiron daryodan
urilgan salqin shabadadan ohista tebranib turgan xirgoh pardalariga
tikilganicha. Amir Temur yugurib ichkariga kirgan choparni tanidi. U
shahzoda o‘g‘li xizmatida yurgan uyo‘g‘lonlarning biri edi. Uyo‘g‘lon
kira solib, tizza cho‘kib va boshini egib, siniq ovoz bilan so‘zladi:
— Onhazrat, shum xabar keltirganim uchun boshimni oling.
Uning bu so‘zini eshitgan Amir Temurning bir mo‘yi ham qimirlamadi.
U huzuriga kirgan sonsiz choparlardan bu so‘zni necha marta
eshitgan, sanasa, sanoqdan adashmog‘i mumkin. Ko‘pincha bu so‘z
bilan boshlangan xabarlar uning qulog‘iga etishga ham arzimas bir
gap bo‘lib chiqar, Sohibqiron odamlarning vahimaga o‘chligidan



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin