Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
yonida beomon jang davom etdi. YUgan-suvloqlarini chaynab, og‘zi
ko‘piklangan bezovta otlarning qo‘rqinchli kishnashi, kuragiga botgan
yoy o‘qi og‘rig‘idan dunyoni buzib baqirayotgan jangchilar,
palaxmonlar otgan toshlar gursillab devorlarga, darvozalarga
urilishidan taralgan bo‘g‘iq tovushlar, guruh-guruh jangchilar goh
oldinga, goh orqaga chopganlarida zilzila paytidagidek erning
silkinishlari orasida allaqachonlar tiklangan sarko‘b ustidagi xirgoh
yonida turgan Sohibqironning: «Bosing! Bosing!» degan hayqirig‘i!..
Jang avjiga chiqqan yarim tunda tinim bilmay yo‘l bosib, kela solib
jang boshlagan hukmdor ko‘zining bir zumgagina yumilganini bilmay
qoldi. SHu bir zum ichida u tush ko‘rdi.
Osmonu falakdan quyulgan kumush shu’la og‘ushida bir ayol
belanchak tebretardi. Belanchak iplari qaerga osilgani bilinmasdi. U
ayolni tanidi – u Tegina Mohimbegim, onasi edi. Ammo beshikda o‘g‘li
yotardi… “Ota – dedi o‘g‘li jilmayib, — Ota…” Birdan o‘g‘lining
qichqirig‘ini eshitdi: “Onajon!…”
U birdan uyg‘onib ketdi-yu, sarko‘b poyida yotgan yarador
jangchilardan birining bo‘g‘zidan chiqqan o‘lim oldi nolasi uni
uyg‘otib yuborganini bilmadi. “O‘g‘lim!” – shivirladi birdan dili yonib
o‘zidan-o‘zi. Sohibqiron ko‘zidan oqib chiqqan bir tomchi yoshda
gulxan yorug‘i aks etgandek bo‘ldi. U o‘sha zahoti ko‘zlarini engi
bilan artib, hech kim sezmadimi, degandek atrofiga nazar tashladi.
Hammaning xayoli jang maydonida edi. Faqat uning hamma
yurishlarida qatnashgan qari munajjim osmonga bezovta tikilardi.
Qariya Sohibqironning o‘ziga tikilganini sezib, o‘girildi. Amir Temur
munajjimni yoniga chorlab, bezovtaligi sababini surishtirmoqchi
bo‘ldi. Ammo xayoli bo‘lindi. Askarlari sarko‘b qarshisidagi darvozaga
o‘t qo‘ygan edilar. Qoramoy sepilgan ulkan naqshkor darvoza o‘tga
mahtal turgandek lovillab yona boshlagandi. Olov pastdan tepaga
jadal o‘rlab, darvoza ustunlariga urilib tobora baland lovillardi.
To‘satdan havo buzilib, kuchli shamol qo‘zg‘aldi, osmondan bir-ikki
tomchi tomgandek bo‘ldi. SHuni o‘zi kifoya bo‘ldi-yu, gulxanlar



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin