Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
Endi buyog‘i faqat Sohibqironning irodasiga, uning g‘azabi yoki rahm-
shafqatiga bog‘liq edi. Ammo dunyoning to‘rt tarafining zir-zir
titratgan, G‘arbu SHarq hukmdorlariga o‘zining marhamatini ayamay,
ularni farzandi qatoriga qo‘yib, «o‘g‘illarim» deb murojaat qilishga
ko‘nikkan jahongir bu lahza nimalar haqida o‘ylayotganini hech kim
bilmasdi.
Qutvol ham, jiybaxona boshlig‘i ham o‘g‘li tengi yigitlar edi. Ammo
kutvol mardonalik bilan qal’ani saqlashga uringan bo‘lsa, jiybaxona
boshlig‘i xiyonat bilan uni yog‘iyga ochib bergani ular o‘rtasida bir
ulug‘ jar hosil qilganini o‘ylagan Sohibqiron dunyoning g‘alati ishlarini
anglashga urinardi. Mana, deyarli tengdosh yigitlar. Balki ular bitta
ko‘chada o‘ynab ulg‘ayishgan jo‘ralardir, balki qilich chopqilashni
birga mashq qilishgan saboqdoshlardir. Ammo ular hozir bir-biriga
dushman. Kutvol o‘zini mag‘rur tutar, o‘zini dushmanga sotgan
jiybaxonachiiga qayrilib ham qaramasdi. Jiybaxonachi bo‘lsa,
allaqachonlar tiriklik nishonasini bildirmay munkayib yotardi. O‘z
qilmishini anglab, pushaymon bo‘lganidan, ajalni allaqachonlar
bo‘yniga olganidanmi yoki o‘z xiyonati bois marhamat kutib, uning
o‘rnida o‘lim topayotgani tufayli qo‘rquvdanmi uning devor rangiga
kirgan basharasi ma’nosiz, unda na g‘azab, na iltijo namoyon edi.
Hukmdor o‘lim oldida ham o‘zini xo‘rlashlariga qarshilik
ko‘rsatayotgan kutvolga qarab, ikkilangandek bo‘ldi. Keyin birdan
sergak tortib, o‘g‘liga ko‘z qirini tashladi. U o‘g‘lining chehrasida ham
ikkilanish alomatini sezdi-yu, qarori qat’iylashdi. “Ikkilanish, bu
bo‘lajak mag‘lubiyatdir” — deb o‘yladi Amir Temur. Agar u hozir
ikkilanganini o‘g‘liga bildirib qo‘ysa, o‘g‘li saltanat va harbning har
bir ishida ikkilanishi mumkin. Bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmasdi. Unda
saltanatda orom, dushmanlarda qo‘rquv, do‘stlarda sadoqat, o‘g‘lida
sobitlik qolmaydi. Illo, podshoh bir tadbir qilishni oldindan qasd
qildimi, har qanday sharoit va vaziyatga qaramay, o‘sha ishda qattiq
turmog‘i, to bitirmaguncha undan qo‘l tortmagani ma’qul. Agar
bugun u ikkilansa, ertaga o‘g‘li ham ikkilanadi, sobitligi sinadi,
oqibatda mamlakat bo‘linadi. Ikkilangan hukmdor baribir oxir-oqibat
adashadi, so‘ng ularga yaqin turganlar ham adashadi.



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin