Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
o‘chdi, yonayotgan darvoza ham omon qoldi. Biroq, bu jang
shiddatini susaytirmadi, muhosara kuchaygandan kuchayar, har ikki
tomon bir-birini ayashni xayoliga ham keltirmasdi.
Jang avjiga chiqqan sayin Amir Temurning g‘azabi kuchayar, atrofida
turgan nombardorlar sohibi taxtning qahrini ko‘rib, nafaslarini
ichlariga yutgan holda sukut saqlashardi. Faqat qal’a tarafdan
kelayotgan suron bu sukutni eshitishga yo‘l qo‘ymasdi. Temir oqim
qal’a devorlariga bo‘ron paytida quturgan dengiz to‘lqinlaridek borib
urilar – sada ketidan hazora, hazora ketidan tuman kelardi.
Manjaniqlaru arradalar qal’a devorlarini buzish uchun tinmay ishlar,
cho‘moqlaru xarbalarning bir-biriga urilgandagi jaranglari
to‘xtamasdi.
Tong yaqinlashib, atrof yorisha boshlagan g‘ira-shiralikda Amir Temur
amri bilan yasovulboshi qodirandozlarni ishga soldi, ularning yoydan
bexato o‘q uzishlari tufayli shahrband ustidagilar tutdek to‘kildi.
Oxiri sabri tugagan Sohibqiron xirgoh ayvonidagi o‘rnini tark etib, bu
holdan vahima tushgan xos navkarlar o‘rovida pastga – qal’aga
yaqinroq borishga, bu bilan askarlari ruhini ko‘tarishga qaror qildi. U
shiddat bilan sarko‘bdan tushib borarkan, zahira ortilgan aravalardan
birining yonida o‘chib qolgan, ammo daryo tomondan esayotgan
salqin shamoldan qip-qizarib tovlangan gulxan cho‘g‘lariga qo‘llarini
toblab, isinib turgan bir cholga ko‘zi tushdi. U cholni sezmay o‘tishi
mumkin edi. Ammo shuncha shovqin-suron orasida cholning
ming‘irlab kuylagan qo‘shig‘i noxosdan uning diqqatini tortdi:
Voy, o‘g‘lima, voy o‘g‘lim,
Yigitlarning nobudi.
Ko‘tarilmay qoldi-ya,
O‘g‘ilginam tobuti.
Maymananing yigiti,


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin