Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat. t.me/e_kutubxona odamgina saxiy bo‘lishi mumkin. Bosiq odamgina hukmdor bo‘lishi
mumkin. Kimki jasur bo‘lsa-yu, insonparvar bo‘lmasa, tejamkor
bo‘lmasa-yu, saxiylik qilsa, dono bo‘lsa-yu bosiqlik qilmasa, unday
odam o‘zi bosh-qosh ishniyam, o‘ziniyam halok etadi. Kimki,
dushmani bilan olishgandayam insonparvarlikni unutmasa, u,
albatta, engadi. Alloh taolo hamisha unga madad beradi,
insonparvarlik unga panoh bo‘ladi.
U o‘g‘liga mamlakat adolat, urush esa dilovarlik va ayyorlik bilan
boshqarilishini, mamlakatda ta’qiq qancha ko‘p bo‘lsa, avom
shuncha qashshoqlanishi mumkinligi, illo, erkinlik va adolat bo‘lsa,
ulus, demak, mamlakat boy bo‘lishini, qonun va buyruqlar qanchalik
ko‘paysa, adolatsizlik, o‘g‘rilik va beboshlik shunchalar ko‘payishi
mumkinligini uqtirdi. “O‘g‘lim, — deb aytardi rahmatlik otasi, —
uzoqni ko‘rolmagan hukmdor yaqinidagi balolarga giriftor bo‘ladi.
Ammo, yaqinni ko‘rib ish tutgan hukmdor ham xato yo‘ldadir”. Amir
Temur otasining bu gapini o‘g‘liga aytar ekan, o‘zidan qo‘shib
ushbuni uqtirgan edi: Podshohlar hulqi bamisoli shamol, avomniki
maysadir. SHamol qay tarafga essa, maysa ham o‘sha tomonga
egiladi. SHu sababdan podshoh hech qachon o‘z qudratining asosi
mana shu ulus ekanini unutmasligi kerak.
Amir Temur tutab yonayotgan, vayrona qal’aga kirmay daryoga yaqin
yalanglikda chodir tiktirdi. Sohibqiron o‘zining oddiy jangchilari
libosidan deyarli farq qilmaydigan jangovar libosida, Damashqni
olganda qo‘lga kiritgan oltin chiroqdon osilgan shohchodirda qunduz
bo‘rkli boshini eggan ko‘yi o‘g‘lidan darak kutardi. U kamdan-kam
yolg‘iz qolar, shu boisdan har gal shu ahvolga tushganda dilini
allaqanday anglab bo‘lmas og‘riq qisa boshlardi. Hozir ham shu
og‘riq uyg‘ondi-yu, sohibqiron chuqur oh tortdi. U og‘riq sababinii
bilmas, bu esa og‘riqni yo‘qotish chorasini topishga imkon bermasdi.
Tuni bilan kechgan jang tufayli uyqudan, hordiqdan qolgan jahongir
ongida quyuq va horg‘in bir zulmat paydo bo‘lgan, og‘riq esa mana
shu zulumot ichida yonib turgan chiroqdek goh pirpirab, goh tovlanib
turardi. To‘satdan tashqarida shovqin-suron ko‘tarildi-yu, sergak
tortdi. Ammo o‘zini tutib, bu shovqin-suronlardan xayolan
uzoqlashish uchun ko‘zini yumdi. O‘sha zahoti kechagi tushi o‘ngida