HARAKATLI O’YINLARNI TARIXI VA QISQACHA TUSHUNCHA, TURKUMLAR, RIVOJLANISHI BOSQICHLARI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI
II- bob Xarkatli uyinlarni tanlab olish tashkil kili shva utkazish koidalari. Xaraktli uyinlarni tanlab olishda tarbiyachining bolalarning yosh xususiyatlarini xisobga olish kerak.
Bola 7 yoshga yetib maktabga kadam kuyganida uning tayyorgarligi darajasini xisobga olish zarur, Dioganal, sakrash usullariga jismoniy tarbiya mashgulotlarida urgatish lozim.
Faqat shundan so`ng sakrash o`yinlarga o`tilsa bo`ladi, chunki bu kabi o`yinlar tufayli bolalarda sakrash uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalarni xosil qilish mumin. Bundan tashkari, shu kabi xarakatli o`yinlar chaqqonlik, jasurlik kabi jismoniy xususiyatlarni xam rivojlantiradi.
Xarakatli o`yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, tarbiyachikitob va qo`llanmalarda berilgan o`yinlarning jismoniy va psixologik tasiri jixatlarini bilishi kerak.
Yana shuni unutmaslik kerakki, o`yin vazifasi qo`yilganda faqat xarakatlarga mos bo`lishi shart emas, balki harakatli o`yinlar yordamida bolalar ro`hiyatida bir – biriga yordamlashish, qo`llab -quvvatlash hissiyotlarini tarbiyalash lozim. Buning uchun «qoch bolam, sor keldi», «Pir-r etdi», «Ikki yaxob», «Mushik keldi» va boshqa o`yindan foydalana boshladi.
Maktabgacha tayyorlab guruxlari bo`yicha yoshdagi bolalarga harakatali o`yinlarni tanlab olishda ularning qiziqishini hisobga olish zarur. Bu yoshdagi bolalarni o`yinlardagi bo`ri qo`zi, sichqon, mushuk qiyofasi surati nimalar qilishi qiziqtirmaydi aksincha ularning hatti – harakati masalan muushunkning chaqqonlik Bilan sichqonni sakrao ushlab olishi qiziqtiradi. O`yinlarada harakatalar murakkablashib boradi. Masalan: «Bo`rilar zovurda», o`yinda bolalar yugurib kelib to`xtab qolishi sichqonga sakrab, chaqqonlik Bilan bo`rilarga tutqich bermasdan zavurdan o`tib ketishi kerak. Bu yoshdagi bolalarga, Shuningdek ikki tomon bo`lib o`ynash, qarama qarshilikning mavjud bo`lishi ko`proq qiziqarli masalan «ikki yaxob» o`yinida bir tomon «yaxoblardir» bolalarni «yaxlatib» qo`yishga intiladi va boshqa tomon «yaxlatilib» qolishdan qochish harakat qiladi.
Bog`cha bolalari bilan turli estafetalarni uyushtirgan holatda o`tkazish oson emas. O`yin estafetani o`tkazish bir qaraganda oson tyuladi va boshqa bolalar o`yinlarni kuzitish natijasi shunlarni ko`rsatadiki bunaqangi o`yinlar bolalar uchun hech qanday tushuncha bermaydi, oqibatda ular bolalarda tartibchanlikni buzilishiga sabrsizlik betoqatlik xunob bo`lishlik bir – birini turtish asabiylikka olib kelishi mumkin.
O`yinda yutqazgan hamda g`olib chiqqan komanda bolalarni o`yin tugagandan keyin tinchlantirish juda murakkab kechadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning hozircha o`zini yaxshi tuta bilmasligini e'tiborga olib guruhlarni ikki jamoaga emas balki 4-5 guruhlarga ajratib olish zarur. Bu guruhlar ketma –ket xolatda turmay bir birini yaxshi ko`rib turishi uchun o`ritib olishi ham mumin. Chunki novbati Bilan startga chiqish tartibini saqlab turadilar. Bunday o`yinlarda bolalar bir –birini kuzatadi, Har bir guruhdan bitt ishtirokchi tezlikda, chaqqonlikda Aniq nishonga olishda mahoratini ko`rsatadi. G`olib chiqqon o`yinchi o`z jamoasiga achko keltiradi. O`yin tugugandan so`ng to`plagan achkog hisoblanib ko`riladi. Eng ko`p achko to`plagan jamoa g`olib deb topiladi.
O`yinni tashkil etishda barcha shart -sharoitlar to`g`ri hisobga olinsa uning tarbiyaviy ahamiyati oshib borid. Bo`ning uchun o`yin paytida bo`ladigan chiziqLar, chegaralar, masafalar, kerakli o`yin predmetlari, koptok, bayroqcha kabilar taqsimlab berilishi lozim. Keyinchalik bolalarni esa o`z o`zia hizmat qilishgav odatlanish kerak. Ko`pincha tarbiyachi bu tashkiliy ishlarni bolalaradan biri yoki ikkisiga yenovbatchi sifatida topshiriq berib o`rgatadi. Shunda xar safar novbatchi almashtirilib turidati.
Tarbiyachi o`yin o`tkazishdan oldin uni qanday tushuntirishni o`ylab ko`rishi kerak tushuntirish juda qisqa, aniq, lunda bo`lishi kerak.
O`yin mazmuni qoidalarni tushuntirishda mayda gaplardan xoli bo`lishi kerak zarur. Undan keyin o`yinchilardan Kim qaysi yerda aytib o`tishi kerak.
Bolalarga tanish o`yinni o`tkazishda har gall to`liq tushuntirish shart emas, ammo o`yin qoidasini tarbiyachining o`zi ta'kidlab o`tishi zarur. O`yin qoidasini bajarishdar tez-tez xatoga yo`l qo`ygan bolani ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi.
O`yin o`tkazilayotgan vaqtda tarbiyachi faqatgina kuzatuvchi bo`lib qolmasligi kerak. O`yinni shunday o`tkazish kerakki bolalar undan quvonib, qanoat xosil qilib, murakkab qoidalarni o`rganib olishsin. Tarbiyachi o`yin davomida qatnashuvchilarni kuzatib, alohida bolalarga e'tibor berib rahbarlik qilish kerak.
Ba'zi tarbichilar ayrim qoida buzarlarga e'tibor bermaydilar. Faqat belgilangan paytdagina xushtak chalinishi kerak, tarbiyachi ko`rinib turgan sholatlarni ununtmaslik kerak. Ya'ni bu xolatlarni ko`rsatish bolalarda irodani, tartibni tarbiyalaydi, ularni ortiqcha xatti harakatalaradan saqlaydi, bardoshli va intizomli bo`lishdik muhim sifatni yuzaga keltiradi.
O’yin jarayonida bolalarni darhol to’xtashga ham o’rgatish zarur. Shunday umumiy qoidaga o’rganish lozimki, hohlagan o’yin paytida belgi yoki hushtakka bolalar tezda to’xtab qolsin. (Chapak, yoki so’ziga). Shundan so’ng tarbiyachining gapiga, tushuntirishga qa’tiyan rioya qilish kerak. Lekin o’yinni ko’p to’xtatmaslik kerak, chunki o’yinda bolalar hayajonda bo’lishini unitmaslik lozim. Tarbiyachi o’yinni o’tkazish chegaralariga ham diqqat qilishi kerak. Bu ayniqsa, juda ma’sulyatli payt, chunki o’yinning zavq bilan vaqtga kam e’tibor beriladi.
Masalan: gimnastika mashqlariga qaraganda, o’yin vaqtini belgilash murakkab bo’ladi.Bolalardan - deb so’rash mumkin emas, zavqlanib, qiziqibo’ynayotgan bolalarga bu ta’sir qilishi mumkin.
Shu bois tarbiyachi bolalarning charchaganligiga tashqi ko’rinishiga (tez-tez nafas olishi, yuzining qizarib ketishi) xulqiga ( tez-tez qoida buzishlar, qo’pollik, lanjlik) e’tibor berishi va o’z vaqtidao’yinni to’xtatishi lozim.O’yin har xil tugallanishi mumkin. 6-7 yoshli bolalarni o’yinning o’zigina emas, balki natijasi ham qiziqtiradi. Shu bois har bir o’tkazilgan o’yindan keyin uning natijasini tahlil qilish lozim. O’yinda qaysi bir o’quvchi chaqqonlik, epchillik mahoratini ko’rsatgani, do’stona qo’llab o’ynagani qoidaga rioya qilmaganligi to’g’risida aytib o’tish lozim. Har bir o’yin natijasini tarbiyachi o’ziga xos ravishda tushuntirishi, bolalar uchun chiroyli tahlil qilib berish kerak.