JKning 2-moddasi mazmuniga ko‘ra, jamiyat deganda, biron
davlatning fuqaroligiga mansubligi yoki boshqa shartlar bilan (jinsi, irqi,
millati, dini, ijtimoiy ahvoli va boshq.) bog‘liqligidan qat’i nazar,
Respublikaning butun aholisi tushuniladi.
Jamiyat manfaatlari sifatida axloq, ma’naviyat, iqtisodiy-ijtimoiy
asoslar, jamiyatda xulq-atvor qoidalari va boshqalar qaralishi mumkin.
Davlat manfaatlari
butun
jamiyatning emas, balki uning ma’lum
tarzda siyosiy uyushgan qismini ifodalovchi manfaatdir.
NOTA BENE !
Davlat
– butun jamiyatga tatbiq etiladigan, uning rasmiy vakili sifatida
chiqadigan va majbur qilish vositalari
va tadbirlariga tayanadigan
ommaviy hokimiyat tashkiloti
1
.
JKning 2-moddasi mazmuniga muvofiq, davlat deganda, uni tashkil
etuvchi organlarini emas, balki O‘zbekiston Respublikasini
yaxlit
tushunish kerak.
Davlat manfaatlari deganda, unga jamiyat tomonidan yuklatilgan
vazifa va funksiyalarni ijro etish uchun mavjud bo‘lishi zarur hayotiy
faoliyatning o‘ta
muhim elementlari, jumladan, huquq-tartibot, boshqaruv
tartibi, siyosiy barqarorlik, hokimiyat organlarining faoliyat yuritishi,
suverenitet va boshqalar tan olinadi.
NOTA BENE !
Mulk
JK muhofaza obyekti sifatida moddiy dunyoning, shuningdek,
mualliflik huquqi obyektlari sifatida mulkiy ashyolariga ega bo‘lish
yuzasidan va shunga bog‘liq ravishda ijtimoiy munosabatlarning ma’lum
bir guruhi sifatida namoyon bo‘ladi.
Mulkchilikning shakli
ahamiyatga ega emas, chunki konstitutsiyaviy
qoidalarga muvofiq, mulk qanday huquqiy shaklda ekanligidan qat’i nazar,
bir xilda himoya qilinadi.
Большой юридический словарь. / Под ред. А.Я. Сухарева, В.Е. Крутских. – М.: ИНФРА-М, 2000. – С. 129.
16
Tabiiy muhitni jinoyat-huquqiy muhofazaning mustaqil obyekti
sifatida qarash barcha fuqarolar davlat himoyasi ostida bo‘lgan va
umummilliy boylik hisoblangan tabiiy muhitga
ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishlari (Konstitutsiyaning 50-moddasi) lozimligi
haqidagi qoidaga asoslanadi
1
.
Bugungi kunda «tabiiy muhitni asrash, tabiat boyliklaridan oqilona
foydalanish umummilliy vazifa hisoblanadi va bu ekologiya tizimini,
tabiat komplekslari va ayrim obyektlarning muhofazasini ta’minlashga,
fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashga
qaratilgan»
2
.
Dostları ilə paylaş: