Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Jinoyat huquqida 
shaxs 
sifatida jamiyat va davlat bilan aloqalaridan 
alohida olib qaraluvchi har bir inson tushuniladi. 
Insonning JK tomonidan muhofaza obyekti sifatidagi shaxs deb tan 
olinishi uchun uning yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, salomatligi va boshqa 
holatlar ahamiyatga ega emas. Jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloq ham 
(masalan, JKning 99-moddasi), muomalaga layoqatsiz kishi ham (masalan, 
JKning 97-moddasi 2-qismi «v» bandi), voyaga yetmagan bola ham 
(masalan, JKning 128-moddasi), davlat yoki jamoat arbobi ham (masalan, 
JKning 155-moddasi 2-qismi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
(JKning 158-moddasi) va boshqalar ham shaxs deb tan olinadi hamda 
muhofaza qilinadi. 
NOTA BENE ! 
Shaxs huquqlari
– bu davlat va jamiyat tomonidan qondirilish 
majburiyati bilan tavsiflanadigan, insonning davlat va boshqa kishilarga 
nisbatan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalaridagi imkoniyatlari va 
da’volaridir. 
Masalan, shaxsning yashash huquqi, malakali tibbiy xizmatdan 
foydalanish, mehnat qilish huquqlari, mulkka bo‘lgan huquqlari va 
hokazolar shaxs huquqlari hisoblanadi. JKda qaysi huquq va erkinliklar 
14 


uning muhofaza qilish obyekti ekanligi ko‘rsatib o‘tilmagan, lekin JKning 
Maxsus qismi moddalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, muayyan shaxs ega 
bo‘lgan barcha huquqlar – ular o‘ziga xos tavsifdaligi (masalan, nomusi va 
qadr-qimmatini himoya etish huquqi) yoki jamiyat, davlat tomonidan 
taqdim etilganligi (masalan, Qurolli Kuchlarda buyruq berish huquqi) 
himoya etilishi lozim. 
NOTA BENE ! 
Shaxs erkinligi
– bu insonning Konstitutsiyada yoki boshqa qonun 
hujjatlarida (qonunlar va qonunosti hujjatlari) aks ettirilgan muayyan xulq-
atvori imkoniyati. 
Shaxsning har qanday shaxsiy erkinliklari, uning tavsifidan qat’i 
nazar, JKning muhofaza obyekti hisoblanadi. Jumladan, so‘z erkinligi, 
vijdon erkinligi, ilmiy va texnik ijodiyot erkinligi va boshqalar. 
Shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari ham Kodeksning muhofaza 
obyekti hisoblanadi.
Jamiyat va davlat manfaatlari shaxs, uning huquq va erkinliklari 
hosilasi bo‘lib, mazkur manfaatlarga (shaxs, uning huquq va 
erkinliklariga) zid bo‘lishi mumkin emas. Ayni paytda ushbu manfaatlar 
bir insonning emas, balki umuman aholining huquq va erkinliklarini aks 
ettiradi. Shu bois, ular butun jamiyat yoki davlat uchun ham, alohida bir 
subyekt uchun ham muhim bo‘lgan huquqlardir. Shundan kelib chiqib, 
Kodeks ushbu munosabatlarni jinoyat-huquqiy muhofaza qilish obyekti 
sifatida mustahkamlaydi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin