qiyosiy-huquqiy metod ;
qonunchilik va huquqni qo‘llash sohasida o‘tmish tajribasidan
foydalanishga yordam beradigan
tarixiy metod va boshqalar.
Ushbu metodlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq hamda bir butun
holda qo‘llanilishi lozim.
3-§. Jinoyat huquqi vazifalari O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi o‘z oldiga
uchta vazifani qo‘yadi: muhofaza qilish, oldini olish va tarbiyalash.
JKning 2- moddasida jamiyat va davlatning jinoyat-huquqiy taqiq o‘rnatish yo‘li
bilan erishadigan maqsadlari belgilangan. Shu yo‘l orqali Jinoyat
kodeksining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati mustahkamlanadi, bu o‘z
navbatida ayrim qilmishlarning jinoiyligi va jinoyat emasligini aniqlash
jarayoniga, kodeks me’yorlarining jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan
amalda qo‘llanilishiga, sud-huquq islohotining keyingi rivojlanishiga va
hokazolarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, qonunning vazifasi
jinoiy qilmishni aks ettirish, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish
texnikasini takomillashtirish, buzilishi jinoyat hisoblanadigan qoida va
blanket me’yorlarni qat’iy aniqlash va hokazolar maqsadida qonun
chiqaruvchiga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan.
Demak, Jinoyat kodeksi bajarilishi inson huquqlari bo‘yicha
demokratik institutlarni rivojlantirishning kafolati bo‘lib xizmat qilishini
aks ettiruvchi uch vazifani aniqlaydi.
Ushbu vazifalar qonunda nihoyatda aniq va tizimli ifodalangan bo‘lib,
quyidagilardan iborat:
– birinchidan, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va
davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat
xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish;
– ikkinchidan, jinoyatlarning oldini olish;
12
–
uchinchidan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash.
Birinchi, ya’ni