jinoiy javobgarlikka tortish majburiyati yotadi, jinoyatchi esa jinoyat,
jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya qonunida belgilangan tartibda sodir
qilgan qilmishi uchun javob berish majburiyatiga va JKda o‘rnatilgan sodir
qilgan qilmishi uchun adolatli jazo va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir
choralarini tayinlashni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Jinoyat sodir etgan shaxs va davlat o‘rtasida jinoyat-huquqiy
munosabatlarning mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek, bu
munosabatlarning tugatilishi surishtiruv va dastlabki tergov organlari,
prokuror, sudya va sud tomonidan sodir etilgan jinoyat bo‘yicha
protsessual qonunda nazarda tutilgan tartibda jinoyat sudlov ishi yuritish
jarayonida aniqlanadi, bu qonun shunday tuzilganki, u aybsizlarni
noqonuniy va asossiz jinoiy javobgarlikka tortishning oldini oladi.
Ta’kidlash joizki, huquq tarmog‘i sifatidagi
jinoyat huquqining
predmeti qatorida, undan kengroq tushuncha bo‘lib hisoblanadigan
huquqiy fan tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqi predmetini ham ajratadilar.
Dostları ilə paylaş: