Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JKning 1-moddasiga
ko‘ra Konstitutsiya va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga 
asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan 
iboratdir. Bu moddaning ahamiyati shundaki, unda faqatgina Jinoyat 
kodeksi bilan belgilanadigan, Konstitutsiya va xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan normalariga zid kelmaydigan jinoyat qonunchiligining 
manbalari aniq ko‘rsatilgan. Qonun chiqaruvchi organ, ya’ni Oliy 
Majlisning rasmiy hujjati hisoblanuvchi Jinoyat kodeksiga huquqning 
mazkur sohasidagi yagona manba maqomini berish, barcha huquqiy 
normalarni bir qonunda jamlash, ularni tizimlilik prinsipidan kelib chiqqan 
holda muayyan ketma-ketlikda joylashtirish, barcha qonunlar haqida yaxlit 
tasavvurga ega bo‘lish, huquqni qo‘llovchilarning qonunlardan 
foydalanishlari uchun barcha qulayliklarni yaratish imkonini beradi. 
Aksariyat hollarda jinoyat huquqi, o‘zining predmeti, metodi va 
vazifalari bilan farqlanuvchi huquq sohasi va O‘zbekiston Respublikasi 
huquq tizimining tarkibiy qismi sifatida qaraladi. 



Jinoyat huquqi huquq tizimi tarmog‘i, sohasi sifatida
jinoyat 
qonuniga nisbatan ancha keng tushuncha hisoblanadi. Jinoyat huquqi 
huquq sohasi sifatida qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash bilan bog‘liq 
bo‘lgan jinoyat qonunchiligi va jinoyat-huquqiy munosabatlarni ham o‘z 
ichiga oladi. 
Jinoyat-huquqiy munosabatlarni tor va keng ma’nolarda tushunish 
mumkin. Jinoyat-huquqiy munosabat keng ma’noda jinoyat qonunining 
rasmiy ravishda kuchga kirishi bilan yuzaga keladigan munosabat 
hisoblanadi. Xuddi shu vaqtdan boshlab yangi jinoyatlarni sodir qilishdan 
ogohlantiruvchi, ya’ni ularni sodir qilishni taqiqlovchi qonunning amal 
qilishi boshlanadi. o‘shandagina jinoyat qonuni barcha fuqarolarga 
nisbatan o‘zining tarbiyaviy funksiyasini amalga oshirishni boshlaydi. 
Jinoyat-huquqiy munosabatlarni keng ma’noda ko‘rib chiqish, jinoyat 
qonunchiligini takomillashtirish uchun muhim bo‘lgan jinoyat qonunining 
kuchga kirgan paytidan boshlab uning aholi orasidagi ta’sir mexanizmini 
aniqlash, jinoyat qonunining samaradorligini o‘rganishga yordam beradi
1

Jinoyat-huquqiy munosabatlar tor ma’noda davlat va jinoyatchi shaxs 
o‘rtasidagi munosabatdir. Bu munosabatlar jinoyat sodir etilishi bilan 
boshlanadi va sudlanganlikning olib tashlanishi yoki jinoiy javobgarlik va 
jazodan ozod qilish bilan tugaydi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin