Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
норкулова мухайё пдф файл

Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar. 

Ifodalanadigan mazmuniy munosabatning tabiatiga ko‘ra to‘ldiruvchi 


ergash gapli qo‘shma gaplarning ham ikki ko‘rinishi farqlanadi, ya’ni, bir havola 
bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar. 
Ahmadjon faqat shuni biladiki, nemislar bu tepalikni haddan tashqari o‘qqa 
tutdilar. 
(Abdulla Qahhor) 
Kimki bo‘sa dilozor, undan el-u yurt bezor. 
(Maqol) 
Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda havola 
bo‘lak bosh gap tarkibida keladi. Bu havola bo‘lak ko‘pincha 
shu 
olmoshi orqali 
ifodalanadi. Masalan: 
Ahmadjon faqat shuni biladiki, nemislar bu tepalikni haddan 
tashqari o‘qqa tutdilar. 
(Abdulla Qahhor) gapida havola bo‘lak vositasiz 
to‘ldiruvchi vazifasida kelib, mazmunan ergash gapda ifodalangan denotativ 
voqeaga ishora qiladi. N. Mahmudovning fikricha, bu qo‘shma gapda faqat bitta 
denotativ voqea ifodalangan, ikkinchi “voqea” esa bu voqeani tasvirlovchi 
modusdir. Modusning alohida ta’kidni idodalash zarurati mazkur voqea ifodasi 
uchun sodda gap emas, balki qo‘shma gap shaklining tanlanishiga olib kelgan. 
Mazkur qo‘shma gapning mazmuni esa denotativ voqea bilan modus voqea 
o‘rtasidagi munosabatdan iborat. Agar modusni ta’kidli ifodalashga zaruriyat 
bo‘lmasa, denotativ voqea ifodasi modus voqea ifodasining ichiga shaklan 
kiritiladi va sodda gapga aylanadi
27
. Demak, tahlil etilgan gap aslida “Ahmadjon 
faqat nemislarning bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutganligini biladi” 
tarzida bo‘lib, tildagi ortiqchalik tamoyili asosida tuzilgan. Natijada N. Mahmudov 
ta’kidlanganidek, mazkur qo‘shma gapda ham mazmuniy – funksional, ham 
mazmuniy – sintaksis nomuvofiqlik yuzaga kelgan. Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi 
ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak to‘ldiruvchi vazifasida faqat bosh 
gapda mavjud bo‘ladi va u asosan shu olmoshi orqali ifodalanadi. Bu havola so‘z 

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin