Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Bir havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
норкулова мухайё пдф файл

Bir havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar. 

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarda, asosan, ikki denotativ voqea 


o‘rtasidagi munosabat ifodalanadi. Bu denotativ voqealarning tabiati va 
ifodalanishidagi o‘ziga xoslikka ko‘ra bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli 
aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarni farqlash maqsadga muvofiq. 
Shunday so‘zlar borki, ular kapalakka o‘xshab jumladan – jumlaga 
yengil ko‘chib yuraveradi… 
(Abdulla Qahhor) gapi bir havola bo‘lakli aniqlovchi 
ergash gapli qo‘shma gapdir. Unda 
shunday 
so‘zidan iborat havola bo‘lak mavjud 
bo‘lib, u bosh gapdagi
 so‘zlar
so‘zi bilan ifodalangan eganing aniqlovchisi bo‘lib 
kelgan. Bosh gapda ham, ergash gapda ham alohida – alohida denotativ voqea 
ifodalangan. Ma’lumki, aniqlovchi gapning konstruktiv bo‘lagi emas, uning gap 
tarkibida mavjud yoki mavjud emasligi gapning sintaktik asosiga ta’sir etmaydi. 
Ammo bosh gapdagi havola bo‘lak orqali ifodalangan aniqlovchi anchayin muhim, 
chunki u ergash gapga ishora qilish yo‘li bilan ergash gapda ifodalangan denotativ 


40
voqeani bosh gapda ifodalagan denotativ voqea ichiga olib kiradi. Ta’kidlash 
kerakki, aniqlovchi bo‘lagining gapning konstruktiv bo‘lagi bo‘la olmagani uchun 
ham bosh gapning mazmuni sifatidagi denotativ voqea hozirgacha ko‘rib o‘tilgan 
ergash gapli qo‘shma gaplardagidan farqli o‘laroq chala bo‘lmaydi. Denotativ 
voqealarning o‘zaro zich aloqasini ta’minlaydigan mazmuniy jihatlardan yana biri 
munosabatga kirishayotgan denotativ voqealar muayyan tarkibiy-uzvlarga ko‘ra 
umumiylikka ega bo‘ladi, bu aksar hollarda shaklan ham ifodalanadi. Mazkur 
qo‘shma gapda bosh gapdagi voqea subyekti, ya’ni ega aniqlanmoqda, ergash 
gapda ifodalangan denotativ voqeaning subyekti ham bosh gapdagi subyektning 
aynan o‘zi 

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin