25
Shu nuqtai nazardan mazkur bobni yoritishda biz Alisher Navoiyning “Nasoyim
ul-muhabbat” va “Layli va Majnun” asarlarini tanladik.
Ma’lumki, hozirgi o‘zbek tilida havola bo‘lakli qo‘shma gap deb
nomlanadigan gap turlari keng qo‘llanadi, ularning hosil bo‘lishi usullari va turlari
atroflicha o‘rganilgan. Eski o‘zbek tilida ham qo‘shma gapning havola bo‘lak
ishtirok etgan qo‘shma gap turlari talaygina. Ularning ifoda shakllari va mazmuniy
munosabatiga ko‘ra
ikki turi qayd qilinadi, ya’ni bir havola bo‘lakli va ikki havola
bo‘lakli. Bir havola bo‘lakli qo‘shma gaplar:
Chun Samnun ani bildikim, maqsud
ul tabibdin odobi ubudiyat va ishori ajizdur, yoqkim hol satri. (Nasoyim ul-
muhabbat 57-bet). Eski o‘zbek tilida hozirgi o‘zbek tilidagi
shuni olmoshi o‘rnida
uning
arxaik variant ani shakli qo‘llanadi. Bosh va ergash gaplar o‘zaro
–ki // kim
bog’lovchilari yordamida bog’lanadi. Bu turdagi havola bo‘laklarning ishtirokiga
ko‘ra bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar sirasiga kiradi.
Havola bo‘lak sifatida noaniqlikni ifodalovchi bir so‘zi qo‘llanishi mumkin.
Bunday gaplarda bosh gap tarkibida qo‘llangan havola bo‘laklarning mazmunini
ergash gap to‘laligicha aniqlashtirib keladi. Masalan,
Borur erduk, bir qavmni
ko‘rdukki, bozor tomida nard o‘ynarlar erdi, Shayx Abu Bakr borib, alar qoshig’a
o‘lturdi va alar bila ilik uyung’a eltti. (Nasoyim ul-muhabbat 101-bet)
Ikki havola bo‘lakli qo‘shma gaplar. Havola bo‘laklarning ayrimlari hozirgi
o‘zbek tilidagi kabi ko‘zga tashlanib tursa, ayrimlari yashirin tarzda qo‘llanishi
mumkin.
1.
Kimki – anga shaklidagi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap: …
kimki
ulug’lar bila suhbat tutg’ay va adab tariqin ma’riy tutmag’ay, anga alarming
suhbatining foydasi va nazarining harakati xaram bo‘lg’ay va alarning nuridin
anda hech nima paydo bo‘lmag’ay. (Nasoyim ul muhabbat 67-bet)
2.
Har kim – ani, har kim andin shaklidagi to‘ldiruvchi ergash gapli
qo‘shma gaplar: …
har kim Haq taoloning g’ayri bila orom tutqay, Haq taolo ani
aftoda qilg’ay va har kim Haq taolo bila orom tutqay, Haq taolo o‘zgalar bila
orom tutmoq yo‘lini andin bog’lag’ay va kesgay. (Nasoyim ul-muhabbat 34-bet)
26
Havola bo‘laklarning biri belgisiz qo‘llanadi: Masalan,
Har kim aning
bila xo‘y qilg’ay, ko‘ngli rohat bila bo‘lg’ay, Har kim andin e’ros qilsa qazo
vurudi bila ko‘ngli ranja bo‘lg’ay. (Nasoyim ul-muhabbat 36-bet).
Mazkur gaplarning har ikklalasida ham havola bo‘laklar sifatida
kim
qo‘llangan bo‘lsa, bosh gap tarkibidagi havola bo‘lak esa noreal qo‘llangan. Bosh
gap tarkibidagi belgisiz qo‘llangan
uning olmoshining sintaktik vaziyatiga ko‘ra
mazkur qo‘shma gaplar aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplardir. Masalan:
Dedi: tengri taolo senga besh xil’at kiydirib durur: muhabbat xil’ati va ma’rifat
xil’ati va tavhid xil’ati va iymon xil’ati va islom xil’ati. Har kim tengrini sevsa,
Dostları ilə paylaş: