Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi



Yüklə 325,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix03.06.2022
ölçüsü325,47 Kb.
#60521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
норкулова мухайё пдф файл

ko‘ngil ham beradi). Mazkur gap ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli 
qo‘shma gap hisoblanadi. Ushbu gapda ergash gap (Xudo kimniki beklikka loyiq 
ko‘rsa) bosh gapdan (unga bu ish uchun idrok va ko‘ngil ham beradi) oldin kelgan. 
Ergash gapda – kimki olmoshi havola bo‘lak vazifasida kelgan, bosh gapda unga 
olmoshi qo‘llanib, vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
Qayu begda bo‘lsa bu arquq qilinch, 
Ishi – barcha tetru, sevinchi – saqinch. (Qutadg’u bilig 34-bet)
 (Qaysi bek yomon qiliqli bo‘lsa, Barcha ishi ters bo‘lib, sevinchlari 
qayg’uga aylanadi). Ushbu gap ikki havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli 
qo‘shma gap hisoblanadi. Mazkur gapda ergash gap tarkibida qaysi olmoshining 
arxivarianti “qayu” olmoshi qo‘llanib, havola bo‘lak bo‘lib kelgan, bosh gapda 
“o‘shaning” olmoshi gapda qo‘llanilmagan bo‘lsada, lekin uning o‘rni sezilib 
turadi. 
Qayu elka bo‘lsa bu yanglig’ begi 
Qutuldi ul el budni ketti igi. (Qutadg’u bilig 124-bet) 
 (Qaysi elning begi shu yanglig’ bo‘lsa, O‘sha el barcha xavfdan xalos 
bo‘ladi). Ushbu gap ikki havola bo‘lakli ega ergash gapli sanalib, ergash gapda 
qaysi olmoshining arxivarianti – qayu olmoshi, bosh gapda esa o‘sha olmoshining 
arxivarianti – ul olmoshi qo‘llanilib, gapda ega vazifasida kelgan.
Kishilik qilurqa kishilik anut,
Kishilik tengincha tora qil yanut. (Qutadg’u bilig 46-bet) 
 (Kim odamgarchilik qilsa, sen unga yaxshilik bilan javob qaytar). 
Mazkur gapdagi ergash gap tarkibida kim havola bo‘lagi qo‘llanilgan hamda 
vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan. Mazkur qo‘shma gapning har ikkala 
qismida ham havola bo‘lak mavjudligi sababli, havola bo‘lak real, lekin kim – 
unga havola bo‘laklari bir-biriga teng emasliklari sababli, ular o‘zaro assimetrik 
hisoblanadi. Demak, ushbu gap ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli 
qo‘shma gap. 


23 
Aziz ul, aziz ul, azizlarqa iz.
Aningdin tegir iz, aziz emdi oz. (Qutadg’u bilig 38-bet) 

Yüklə 325,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin