Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi



Yüklə 325,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix03.06.2022
ölçüsü325,47 Kb.
#60521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
норкулова мухайё пдф файл

to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘gri bo‘ladi (Maqol). Kimki har yili chigitni 
yerning namiga erta ekar ekan, u mo‘l hosil oladi (Gaz.). Qayerdaki tartib buzilar 
ekan, u yerda xo‘jalik katta zarar ko‘radi
7

Yuqorida ta’kidlanganidek, ergash gaplarning tasnifi ularning bosh gapdagi 
qaysi bo‘lakning izohlashi bilan belgilanadi. Yuqoridagi misollarning birinchisida 
ergash gap bosh gapdagi aniqlovchini, ikkinchisida egani, uchinchisida esa o‘rin 
holini izohlab kelmoqda. Anglashiladiki, bu tasnifda yuqoridagi tamoyil buzilgan. 
Bu o‘rinda N.Mahmudov iborasi bilan aytganda, havola bo‘laklarning ishtiroki 
asos qilib olingan
8
. Quyida adib asarlaridagi qo‘shma gaplar semantikasi haqida 
so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy nasriy asarlarida bir bosh bo‘lakli ergash gapli 
qo‘shma gaplarning ayni subyektli va turli subyektli turlari qayd qilinadi.
Alisher Navoiy asarlaridagi ayni subyektli bir bosh bo‘lakli ergashgan 
qo‘shma gaplarni tadqiq etish jarayonida shu narsa alohida ko‘zga tashlandiki, 
bunday gaplar shart ergash gapli qo‘shma gaplar doirasida ko‘proq xoslangan 
ekan.
Akademik V. Vinogradovning fikriga ko‘ra, qo‘shma gapning, shu jumladan, 
bog’langan va bog’lovchisiz qo‘shma gaplarning ham tarkibiy qismlari struktur-
6
Абдураҳмонов Ғ. 1996, 191-216. 
7
Абдураҳмонов Ғ. 1996. 216-217. 
8
Нурмонов А., Маҳмудов Н., Аҳмедов А., Солихўжаева С. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. -Тошкент, 
Фан. 1992, 245 


12 
sintaktik va mazmuni jihatlaridan bir-biri bilan aloqada bo‘ladi. Bog’langan 
qo‘shma gap tarkibiy qismlari, ergash gapli qo‘shma gap tarkibiy qismlaridan 
farqli ravishda, teng bog’lanishli, teng munosabatli ko‘rinsada, bu tarkibiy 
qismlarning faqat birinchisi erkin qurilishli deb hisoblash mumkin, ikkinchisi 
struktur ko‘rinishi hamda sintaktik holatiga ko‘ra birinchisiga qandaydir ma’noda 
tobe bo‘ladi. Bog’lovchisiz qo‘shma gap tarkibiy qismlari esa ritm hamda melodik 
vositalar, leksik unsurlar ishirokida aloqaga kirishadi va bunda ham analogik 
vaziyat kuzatiladi
9
. V. Vinogradovning mazkur fikri ancha asosli. Chunki 
bog’langan va bog’lovchisiz qo‘shma gaplar komponentlarining o‘zaro semantik 
va sintaktik munosabatlari shundan dalolat beradi. Bu, ayniqsa, qo‘shma gapning 
kommunikativ vazifa bajarishida aniqroq namoyon bo‘ladi. Biroq, V. Vinogradov 
tomonidan qo‘llangan “tobelik” tushunchasi ayni paytda ergash gapning bosh 
gapga tobelik darajasi bilan tenglashtirmaslik lozim. 
Qo‘shma gap ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mexanik tarzdagi 
birikuvini emas, balki muayyan kommunikativ vazifa bajarilishi uchun xizmat 
qiluvchi shakliy va mazmuniy butunlikni tashkil qilgan sintaktik qurilmalar 
birikuvini taqozo etadi. Shu bois qo‘shma gap o‘ziga xos murakkab shakl, ma’no 
hamda ohang butunligi mahsuli sanaladi. 
G’.A.Abdurahmonov bog’langan qo‘shma gaplarning tarkibiy qismlari nisbiy 
mustaqillikka ega ekanligini, buni qo‘shma gapda qo‘llanilgan bog’lovchi vosita 
ko‘rsatib turishini ta’kidlaydi. Ammo, olimning e’tirof etishicha, bu mustaqillik 
grammatik jihatdandir, zotan, bog’langan qo‘shma gapda ham uning 
komponentlari kesimlari alohida olinganda ma’lum bir niyat anglashilmaydi, bir 
qism mazmuni ikkinchisini talab qiladi
10
.
G’. A. Abdurahmonov bog’langan qo‘shma gaplar nafaqat turkiy tillarda, balki 
umumiy tilshunoslik doirasida ham eng kam o‘rganilganligini to‘g’ri ta’kidlaydi va 
buning asosiy boisi bog’langan qo‘shma gaplarning og’zaki nutqda kam 
qo‘llanishida ekanligini eslatadi. 
9
Виноградов В.В Избранные трудыю Исследования по русской грамматике. -М 1975. с. 102 
10
Abdurahmonov G’.A. Qo’shma gap sintaksisi. – Toshkent 1964, 59-bet 


13 
G’. A. Abdurahmonov bog’langan qo‘shma gaplar, bog’lovchisiz qo‘shma 
gaplar farqli ravishda, yopiq gap qurilmalarini tashkil etishini aytadi va ularning 
ikki tarkibiy qismdan tashkil topishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, olim 
bog’langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro munosabati orqali quyidagi 
mazmuniy munosabatlar ifodalanishini va mazkur munosabatlarning har birini 
mukammal yoritadi: 
1. 
Qiyoslash munosabati 
2. 
Biriktiruv munosabati 
3. 
Ayiruv munosabati 
4. 
Sabab va natija munosabati 
5. 
Izohlash munosabati
11
M. Asqarova bog’langan qo‘shma gapni teng bog’lovchilar orqali birikkan, 
biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo‘lmagan, teng huquqli predikativ 
qismlardan tashkil topgan qo‘shma gapli sintaktik qurilma sifatida talqin etadi va 
qo‘shma gap tarkibidagi komponentlar o‘zaro biriktiruv, chog’ishtiruv, ayiruv, 
zidlov, inkor munosabatlarini ifodalovchi teng bog’lovchilar yoki bog’lovchi 
vazifasidagi –da, -u (-yu) yuklamalari vositasida bog’lanishini aytadi
12

M.Asqarova bog’langan qo‘shma gap komponentlarining mustaqilligi nisbiy 
ekanligini ta’kidlaydi va bu haqda quyidagilarni yozadi: “Qo‘shma gap xususan, 
bog’langan qo‘shma gap tarkibidagi komponentlar alohida-alohida ajratib qaralsa, 
ularning har biri mustaqil gapga tengday ko‘rinadi, lekin ular qo‘shma gap 
tarkibida fikriy tugallikka (to‘liq mustaqillikka) ega bo‘lmaydi. Shu jihatdan 
bunday komponentlarni mazmunan nisbiy mustaqillikka ega deyish to‘g’riroqdir”. 
Ko‘rinadiki, M. Asqarova bog’langan qo‘shma gap tarkibiy qismlarining har 
biri mustaqil gapga tengday ko‘rinishiga qaramay, ular qo‘shma gap tarkibida 
mazmuniy jihatdan to‘liq mustaqil bo‘la olmasligini, faqat nisbiy mustaqil 
ekanligini to‘g’ri ta’kidlaydi. Bizningcha ham, bog’langan qo‘shma gap 
komponentlarining nisbiy mustaqilligi mazmuniy jihatdan ham, grammatik 
11
Abdurahmonov G’.A. O’zbek tili grammatikasi. Toshkent, 1996, 164-bet 
12
G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis, -Toshkent, 1987 163-bet 


14 
jihatdan ham seziladi. Zotan, bunday sintaktik qurilma komponentlarining har 
ikkisi ham alohida ahamiyatga molik bo‘lgan mustaqil tub strukturalarga tayanadi. 
Bu esa, o‘z navbatida, ularning nafaqat grammatik jihatdan, balki semantik nuqtai 
nazardan ham nisbiy mustaqil ekanligidan dalolat beradi. Chunki tub struktura – bu 
ichki semantik struktura demakdir.
Yuqoridagilardan tashqari, M.Asqarovaning bog’langan qo‘shma gaplarda 
birinchi komponent erkin tuzilishi, ikkinchi komponent esa bog’langan qo‘shma 
gap komponentlari orasidagi munosabatga bog’liq holda qurilishi xususidagi 
mulohazalari ham e’tiborga molikdir.
13
Xususan, bo‘lsa, esa so‘zlari ishtirokida 
tuzilgan ikkinchi komponent buning dalili bo‘lishi mumkin. 
M.Asqarova bog’lovchi vositalarsiz shakllangan qo‘shma gaplar 
komponentlari o‘zaro bog’lovchilar va grammatik formalarsiz, faqat intonatsiya 
bilan sintaktik butunlik hosil qilishini eslatadi. Qo‘shma gapning bu turi M. 
Asqarova fikriga ko‘ra, tuzilishi jihatidan ba’zan bog’langan qo‘shma gapga, 
ba’zan esa ergash gapli qo‘shma gapga o‘xshaydi. 
G’.Abdurahmonov, A.Sulaymonov, X.Xoliyorov, J.Omonturdiyevlarning 
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” qo‘llanmasida bog’langan qo‘shma gapning asosiy 
grammatik belgisi teng bog’lovchilar ekanligiga alohida urg’u beriladi va qo‘shma 
gapdan farqli ravishda, ayirish mazmuniy munosabatining keng qo‘llanishi, sabab 
va natija mazmuni munosabatini ifodalovchi qurilmalarning mustaqilligi va har bir 
semantik munosabat ichida o‘ziga xos mazmun ifodalarining mavjud bo‘lishi qayd 
etiladi
14

B. O‘rinboyev tadqiqotlarida ham bog’langan qo‘shma gaplarda sodda 
gaplarni o‘zaro biriktirish uchun teng bog’lovchilar qo‘llanishi ta’kidlanadi va 
bunda birinchi gap, odatda, erkin holda tuzilgan bo‘lishi eslatiladi.
N. Turniyozov “Bog’langan qo‘shma gap” va “bog’lovchisiz qo‘shma gap” 
terminlarining qo‘llanishi madsadga nomuvofiq ekanligi qayd etadi. Chunki 
qo‘shma gapning har qanday turi komponentlari ham o‘zaro qandaydir vosita 
13
G’ulomov. A, Asqarova M. Ko’rsatilgan darslik
14
Abdurahmonov G’, Sulaymonov A, Xoliyorov X, Omonturdiyev J. Hozirgi o’zbek adabiy tili, Sintaksis. Toshkent 
1979, 123-bet 


15 
orqali bog’langan bo‘ladi. Shu bois N. Turniyozov “bog’lovchili bog’langan 
qo‘shma gap” va “bog’lovchisiz bog’langan qo‘shma gap” terminlaridan 
foydalanish ma’qul ekanligini aytadi. Bundan tashqari, N. Turniyozov bog’lovchili 
va bog’lovchisiz bog’langan qo‘shma gaplar tarkibiy qismlarning teng huquqli 
ekanligi birinchi navbatda ularning tub strukturalari qo‘shma gapning tashkil
etilishida alohida ahamiyatga egaligi bilan izohlanishini ko‘rsatadi, zero, bunday 
gaplar komponentlarining har biri mustaqil (alohida) tub strukturaga tayanadi. 
Ergash gapli qo‘shma gaplarning esa semantik strukturasi ham, sintaktik shakli 
ham, asosan, hokim gapning tub strukturasiga asoslanadi. Chunki ergash gap o‘zi 
uchun emas, balki hokim mavqega ega bo‘lgan ikkinchi bir gap uchun xizmat 
qiladi. 

Yüklə 325,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin