shuncha, qanday – shunday, nechta – shuncha, qanchalik – shunchalik, qayer –
shu yer, qay tomon – shu tomon kabi. Ana shu havola bo‘laklardagi
qarshilantirishga ko‘ra bosh va ergash gaplar o‘rtasidagi aloqa tabiatida ham o‘ziga
xoslik yuzaga keladi. Masalan: Kim mehnat qilsa, u rohat ko‘radi (“Mashriqzamin
– hikmat bo‘stoni” kitobidan). Qayerda intizom bo‘lsa, u yerda muvaffaqiyat
bo‘ladi. (“Tafakkur gulshani” jurnalidan). Bu gaplardagi tobelik aloqasi boshqa
ergash gapli qo‘shma gaplardagidan farqli o‘laroq, ikki tomonlamadir, ya’ni “aloqa
yo‘nalishi ergash gaplardan bosh gaplarga, ayni vaqtda bosh gaplardan ergash
gaplar tomon harakat qiladi”
17
. Tobe aloqaning o‘ziga xos bu turi turli tilshunoslar
tomonidan turlicha nomlangan. Ular orasida dastlab А.М.Пешковский tomonidan
tavsiya etilgan “Взаимное подчинение”, ya’ni “O‘zaro tobelanish” atamasi
18
hodisa mohiyatini aniq aks ettiradi.
O‘zaro tobelanishli ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap oldin, bosh
gap esa keyin keladi. Ergash gap tarkibidagi havola bo‘lak umumlashgan so‘roq
ma’nosida (kim, nima, qancha, qanday, qayer kabi), bosh tarkibidagi havola bo‘lak
esa shu so‘roqqa umumiy javob ma’nosida (u, o‘sha, shuncha, shunday, o‘sha yer
kabi) bo‘ladi
19
. Bunday ergash gapning predikati shart ergash gapning predikati
kabi shart maylidagi fe’l (yoki ba’zan shart ma’nosiga ega bo‘lgan boshqa fe’l:
masalan -r ekan) orqali ifodalangan bo‘ladi, lekin undagi shart ma’nosi
kuchsizlangan bo‘lib, bu shakl mazkur havola bo‘laklar bilan birgalikda bosh va
ergash gaplarni bog’lovchi vosita vazifasini bajaradi. Ayni havola bo‘laklar shart
ma’nosini xiralashtiradi, shuning uchun ham o‘zaro tobelanishli, demak, har ikki
qismida ham havola bo‘laklar mavjud bo‘lgan ergash gapli qo‘shma gaplar sirasida
17
Berdialiyev A. Kordinativ aloqa va uning xususiyatlari // O’zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1984, 21-bet
18
Пешковский А. М. Русский синтаксис в научном освещении.1956.
19
Asqarova M.A Hozirgi zamon o’zbek tilida qo’shma gaplar. Toshkent: O’qituvchi 1987, 53-bet
19
shart ergash gapli qo‘shma gaplar yo‘q. Agar imkon bor o‘rinlarda havola
bo‘laklar tushirib qoldirilsa, gapdagi shart mazmuni yaqqol yuzaga chiqadi va gap
shart ergash gapli qo‘shma gapga aylanadi. Masalan: Kim mehnat ko‘rsa, u rohat
ko‘radi (ega ergash gap). – Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan (shart ergash gap).
Qayerda intizom bo‘lsa, u yerda muvaffaqiyat bo‘ladi (o‘rin ergash gap). – Intizom
bo‘lsa, muvaffaqiyat bo‘ladi (shart ergash gap).
Ammo ta’kidlash lozimki, havola bo‘lak faqat bosh gapdagina mavjud
bo‘lganda havola bo‘lakning tushirib qoldirilishi ergash gap turning o‘zgarishiga
olib kelmaydi. Qiyoslang: Tolib aka shuni bilib qo‘ysinki, Akrom Saidning ham
ocherki jurnalda chiqmaydi. Har ikki holatda ham to‘ldiruvchi ergash gap mavjud.
Ikkinchi holatdagi, ya’ni bosh gapdagi havola bo‘lagi tushib qolgan gaplarni
ham havola bo‘lakli bosh gap sifatida qarash maqsadga muvofiq, chunki havola
bo‘lak bunday hollarda qo‘llanmaganda ham uning sintaktik o‘rni ochiq ekanligi
aniq sezilib turadi. Odatda bosh gapdagi havola bo‘lakning tushib qolishi, asosan,
ega va to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda kuzatiladi. Gapdagi predikat
ifodasining kuchli sintagmatik valentliklari ko‘pincha ana shu bo‘laklar – ega va
to‘ldiruvchi bilan berkiladi. Ana shuning uchun ham bosh gapdagi ega va
to‘ldiruvchi vazifasida kelgan havola bo‘laklar qo‘llanmaganida ham baribir, uning
borligi anglanadi, istagan paytda uni tiklash mumkin.
|