4.11. Ventilator qurilmaning iqtisodiy ko’rsatgichlari
Ventilator qurilmaning yillik elektr energiya sarfi quyidagi ifoda bilan hisoblanadi.
, kVt soat (50)
bu yerda -elektryuritgichning f.i.k.
V. KON KORXONALARI PNEVMATIK QURILMALARI
Kon korxonalarida elektrenergiya bilan bir qatorda, biri-birini inkor etmagan holda, pnevmatik energiyadan ham foydalaniladi. U kombaynlar, qo’porish va burg’ulash bolg’achalari, chig’riq (lebedka)lar, lahimo’tish ventilatorlari hamda nasoslarini ishlatishda qo’llaniladi.
Hozirgi kunda barcha qazib olinadigan ko’mirning 15% pnevmatik energiya yordamida qazib olinadi.Undan tashqari portlash xavfi bo’lgan shaxtalarda pnevmatik energiya asosiy energiya manbai hisoblanadi.Pnevmatik energiyani ishlab chiqarish uchun sarflaydigan energiya shaxta bo’yicha zarur bo’lgan energiyaning taxminan 50% tashkil etadi.
Kon sharoitida, pnevmatik energiyaning elektr energiyaga nisbatan eng qulay tomoni, u shaxtada portlashdan muhofazalangan muhitni paydo qiladi. Shu bilan birga uning kamchiligi elektr energiyaga nisbatan qimmat va uzoq masofaga uzatish ancha qiyin.
Pnevmatik qurilma kompressor va uning normal ishlashini ta’minlovchi yordamchi usukunalardan hamda siqiq havoni iste’molchiga yetkazib beradigan havo quvurlaridan iborat.
5.1. Hisoblash maqsadi va yechiladigan masalalar
Pnevmatik qurilma konlarda ishlatiladigan konchilik mashinalari va uskunalarini siqiq havo bilan ta’minlashda qo’llaniladi va uni loyihalash uchun quyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak:
-foydali qazilmani qazib olishdagi konchilik ishlarini olib borish rejasi;
-siqiq havo iste’molchilarining tipi, soni va o’rnatilgan joyi;
-siqiq havo iste’molchilarining ishlash rejimi;
Kon pnevmatik qurilmalarini loyihalash jarayonida quyidagi masalalarni hal qilish talab etiladi;
-kompressor qurilma o’rnatiladigan joyni aniqlash, siqiq havo o’tqazuvchi quvurlar tarmog’ini qabul qilish;
-tarmoq bo’laklari orqali o’tuvchi siqiq havo miqdorini aniqlash;
-siqiq havo o’tkazuvchi tarmoq bo’lagi quvurlarining ichki diametrlarini hisoblash va ularni tanlash;
-konning siqiq havoga bo’lgan umumiy talabini hisoblash va uni qondirish uchun kompressor turini, sonini aniqlash, hamda uning zahirasini belgilash;
-kompressor validagi quvvatni hisoblash va elektryuritgich tipini tanlash;
-pnevmatik qurilmaning yordamchi uskunalarini hisoblash va ularni tanlash;
-sovitish usulini tanlash, sovituvchi suv miqdorini hisoblash va nasos tipini tanlash;
-kompressor o’rnatiladigan xonaning asosiy o’lchamlarini hisoblash;
-ishlab chiqarilgan yillik siqiq havo miqdorini hisoblash;
-yillik elektrenergiya sarfini hisoblash;
-nisbiy elektrenergiya sarfini aniqlash;
-har bir metr kub siqiq havo tannarxini hisoblash.
Konchilik pnevmatik qurilmalarini hisoblash ketma-ketligini quyidagi tartibda bajarish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |