SO`Z BOSHI
Uslubiy qo’llanma"Kon Turg’un mashinalari" fanidan rejalashtirilgan kurs loyihani bajarishgа mo`ljallangan. Unda konchilik korxonalarida qo`llaniladigan suv chiqarish, ventilator va pnevmatik qurilmalar to`g’risida tushunchalar, ularning asosiy va yordamchi uskunalarini hisoblash va tanlash, joylashtirish hamda samaradorlik, ishonchlilik va havfsizlik shartlari asosida ekspluatatsiya qilish bo`yicha hozirgi zamon talablariga mos keladigan ma`lumotlar berilgan.
Uslubiy qo’llanmakon korxonalari suv chiqarish, ventilator va pnevmatik qurilmalarni loyihalash, ularning` texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisoblash va ekspluatatsiya qilish bo`yicha talabalarning bilim darajasini oshirishga yordam beradi.
I. Kurs loyiHa rejasi
1.1. Kurs loyihaning maqsad va vazifalari
Kurs loyihasi bu sifat ko’rsatkichlari bo’yicha yangi, barcha olingan bo’limlarni o’ziga jamlashtiradigan va professor-o’qituvchi rahbarligida bajariladigan o’quv jarayonining bir turidir.
Bu jarayon talabaga «Turg’un mashinalari» fanini yanada chuqurroq va maqsadli o’rganish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi.
Kurs loyihani bajarish jarayonida talaba yagona yechimga ega bo’lmagan va konchilik korxonalarida hal etilishi zarur bo’lgan masalalarni imkoni boricha korxona sharoitiga yaqinlashtirilgan yechimini topish yo’llarini o’rganadi. Bo’lajak mutaxassis konchilik korxonalari suv chiqarish, ventilator va pnevmatik qurilmalar ishini analiz qilish, ularning texnik holatiga ob’ektiv baho berish va zarur bo’lgan hollarda texnik va boshqaruv masalalarining optimal yechimini topish bo’yicha o’z bilimini kengaytiradi hamda mustaxkamlaydi.
1.2. Kurs loyiha mavzulari
Loyiha mavzulari konchilik korxonalari suv chiqarish ventilator va pnevmatik qurilmalarning asosiy va yordamchi texnik uskunalarini hisoblash, tanlash, joylashtirish va ularning ishini tashkil etish bo’yicha barcha yechimlarni hal etishga qaratilgan. Shunga asosan talabalarga kurs loyihaning quyidagi mavzulari taklif etiladi:
-Bosh, yordamchi va lahim o’tish suv chiqarish qurilmalarning asosiy va yordamchi uskunalarini tanlash va ularni ishini tashkil etish.
-Bosh, yordamchi va lahim o’tish ventilator qurilmalarning asosiy va yordamchi uskunalarini tanlash va ularni ishini tashkil etish.
-Markazlashtirilgan, turg’un va ko’chma pnevmatik qurilmalarning asosiy va yordamchi uskunalarini tanlash va ularni ishini tashkil etish.
Loyiha mavzusini talaba amaliyot o’tadigan korxona sharoitiga moslab tanlaydi.
Dostları ilə paylaş: |